13 iyu 20:40
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston - Jahon chempionatining bronza medali sohibi!
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonligida o'tayotgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Quvonarlisi, bugun musobaqaning so'nggi kuni o'tkazilayotgan jamoaviy bellashuvlar O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlanli. Hozirgina dzyudochilarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda Janubiy Koreya terma jamoasini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi. Obidxon Nomonov, Gulnoza Matniyazova, SHermuhammad Jandriev va Muzaffarbek To'raboev terma jamoamizga g'alaba taqdim etishdi. O'zbekiston - Janubiy Koreya - 4:1!!!
Eslatib o'tamiz, dzyudochilarimiz guruh bosqichida Vengriya (4:2), Braziliya (4:0) terma jamoasini mag'lub etishdi. Yarim finalda Franciyaga imkoniyat boy (1:4) berilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar