So’nggi yangiliklar

12:09Шандонг спорт университети билан ҳам ҳамкорлик алоқалари йўлга қўйилди 0 11:48Стол тенниси. Париж-2024 Олимпиадаси учун ўтказилаётган лицензион турнирнинг илк кунги натижалари + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:27Юрген Клопп "Ливерпуль"даги фаолиятини сарҳисоб қилди 0 11:06Усик ўзи учун рекорд вазн кўрсатди 0 10:45Ислам Махачев: "Хабиб жангларни соғиняпти" 0 10:24Осиё чемпионати. Уч таэквондочимиз 1/2 финалга йўл олди 0 10:03Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади 0 09:42Ўн олти нафар боксчимиз Хабаровск турнири финалида рингга чиқади 0 09:21Чилилик теннисчи Рим "Мастерс" турнири финалида ўйнайди 0 08:57Боксчиларимиз Венгрияда тенгсиз бўлишди! 0 08:34"Ал Насср" "Ал Ҳилол"га қарши ўйиннинг 90+10-дақиқасидаги пенальти сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 08:02Зверев турнир кашфиёти Табилони тўхтатди 0 07:37WBC рейтинги янгиланди 0 22:15Хабаровскдаги халқаро турнир: Барча боксчиларимизда ғалаба! 2 19:42Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ 0

08 okt 19:58
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston kelasi yili MMA bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin

Teglar :  MMANukus
Xabar berganimizdek, 9-10 oktyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida aralash jang sanati (MMA) bo'yicha havaskorlar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Markaziy Osiyo aralash jang sanatlari Konfederaciyasi (CAMMAC)ga 2020 yil 9 fevralda asos solingan edi. Pandemik vaziyat tufayli mintaqaviy chempionat belgilangan muddatda o'tkazilmay qolgandi. 

O'z tarixida ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqaga "Manej" sport majmuasi mezbonlik qiladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida CAMMAC va O'zbekiston aralash jang sanati associaciyasi tomonidan tashkil etilayotgan chempionat oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. SHimoliy-G'arbiy harbiy okrug manaviyat va marifat markazida o'tgan tadbirda Xalqaro aralash jang sanati federaciyasi (IMMAF) prezidenti Kennit Braun, O'zbekiston Mudofaa vaziri o'rinbosari Alisher Narbaev, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov ishtirok etdi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi. 

- O'zbekistonga ilk bor kelishim, - deya so'z boshladi K.Braun. - Ikki kunlik taassurotlarim bir olam. Mamlakatingizda sportga, xususan yakkakurash turlariga hukumat darajasida etibor qaratilishidan hayratga tushdim. Sport infratuzilmasi alohida mavzu. Nukusga kelishimdan oldin "Humo Arena"ni ko'zdan kechirdim. Ochig'i, bu arena meni lol qoldirdi. Bemalol MMA bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qila oladi. Balki, kelasi yili dunyo birinchiligini Toshkentda o'tkazarmiz. SHu o'rinda o'zim haqimda qisqacha malumot berib o'tsam. Dzyudo bo'yicha 6-DAN qora belbog' sohibiman. Har bir sportchining orzusi hisoblangan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdim. Hozir menga hamrohlik qilayotgan Alisher Narbaev ham O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari ekanlar. Aytmoqchi bo'lganim bizning qarashlarimiz va rejalarimiz mushtarak.

Kennit Braunning kirish so'zidan so'ng savol-javoblarga navbat berildi.

- Ilk bor Markaziy Osiyo chempionati o'tkazilyapti. Keyingi rejalarda Osiyo va jahon chempionatlarini ham tashkil etish ko'zda tutilganmi?

K.Braun: Albatta, biz bosqichma-bosqich rejalarimizni amalga oshirib boramiz. Hozirgi asosiy vazifalarimizdan biri yoshlarni tarbiyalash va keyingi musobaqalarga har tomonlama tayyorlab borish. Ustuvor vazifa esa MMAni tajovuzkor sport turi emasligini xalqaro sport tashkilotlari va ayrim insonlarga isbotlab berish. 

- Markaziy Osiyo chempionatida Evropa qitasi vakili Ozarbayjon ham ishtirok etyapti. Lekin Markaziy Osiyoning to'laqonli azosi bo'lgan Turkmaniston yo'q. Vaholanki, bugungi kunda turkmanlarda ham kuchli MMA ustalari bor. Buning sababi nimada? 

SH.Tashmatov: Ozarbayjon avvalboshdan, yani tashkilot tuzilayotgan paytda azosi sifatida qabul qilingan. SHu boisdan ham ularga "mehmon" sifatida qarash noto'g'ri bo'lsa kerak. Turkmanistonning esa birinchi musobaqada qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Umid qilamanki, qo'shnilarimiz keyingi chempionatda albatta ishtirok etishadi. Ertangi musobaqada O'zbekiston,  Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va ozarbayjonlik aralash jang sanati ustalari g'oliblik uchun bellashishadi.

- CHempionat g'olib va sovrindorlariga pul mukofotlari belgilanganmi?

SH.Tashmatov: Alohida ajratilgan pul mukofotlari yo'q. Lekin egallagan o'rinlariga qarab sport inventarlari bilan rag'batlantiriladi. SHuningdek, ularga medal va faxriy yorliq ham topshiriladi. Bizning musobaqamiz havaskor yakkakurash ustalari o'rtasida o'tkaziladi va bu ularga katta promoushenlarga yo'l ochish uchun xizmat qiladi. 

- Siz rahbarlik qilayotgan tashkilot UFC, Bellator, One kabi dunyoga mashhur yakkakurash promoushenlari soyasida qolib ketmaydimi? 

K.Braun: Siz aytgan promoushenlar biznes ustiga qurilgan. Bizning maqsadimiz esa biroz boshqacha. Yuqorida aytganimdek, biz birinchi galda katta sport tashkilotlari, WADA antidoping agentligi va odamlarni MMAni ko'cha jangi emas, sport sifatida qabul qilishlariga erishmoqchimiz. 

- MMAni Olimpiadaga qabul qilish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

K.Braun: Bu siyosiy jarayon. MMA o'zida karate, dzyudo, kurash, taekvondo usullarini o'zida mujassam etgani uchun Olimpiadaga alohida sport turi sifatida kirishi oson kechmaydi. Lekin biz bunga erishish uchun harakat qilyapmiz. Bugungi kunda dunyoning 120 dan ziyod davlatlari bizga azo. Ularning 52 tasida bevosita hukumat, vazirlik va milliy olimpiya qo'mitalari rasman tan olgan hamda qo'llab-quvvatlaydi. Tashklotimiz hech kimga qaram emas. MMA darajasi yuqori sport turi. Olimpiadaga qadamma-qadam ildamlab boryapmiz. Bu ko'ngilochar sport turi emas, unda intellekt, bilim, intizom, rang-baranglik mujassam. 

A.Narbaev: Mudofaa vazirligi MMA va boshqa yakkakurashlar turlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Tokio Olimpiadasida 71 sportchimiz bilan ishtirok etdik. Ularning 30 nafardan ziyodini bevosita Mudofaa vazirligi sportchilari tashkil qiladi. Dzyudochimiz Davlat Bobonovni etti oy oldin ryadovoy, yani oddiy askar sifatida qabul qilgan edik. Olimpiadadan medal olib kelishi bilan unga leytenant unvonini berdik. 

K.Braun: MMA - bu qafas emas! Qafas bo'lib ko'ringan narsa bu sportchilarning xavfsizligi uchun xizmat qiladi. Olimpiadaga kirgan yakkakurash turlarida bu xavfsizlik normalari inobatga olinmagan. Sportchi tatami yoki dayandan noqulay tarzda chiqib ketishi oqibatida og'ir jarohat olishi mumkin. 

- Harbiylar o'rtasida xalqaro MMA musobaqalari o'tkazish rejada bormi?

K.Braun: Bu bizning rejalarimizdan biri. Harbiy vazirliklar bilan hamkorlikda ishlashni maqsad qilganmiz. Ishonchim komil, O'zbekiston ular qatorida etakchi bo'ladi.  

- Keyingi turnir qachon va qaerda o'tkaziladi?

 SH.Tashmatov: Tez orada bu haqida rasmiy malumot beramiz. Maqsadimiz SOMMASning geografiyasini kengaytirish. Osiyo va jahon chempionatlari o'tkazish. Buning uchun barcha sharoitlar muhayyo. Eng muhimi, davlatimiz bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing