20 noy 20:12
Yangiliklar
Sport kurashlari
VI Islom birdamligi o'yinlari. Erkin kurashchilarimiz delegaciyamizga yana ikkita medal taqdim etishdi
Saudiya Arabistonida davom etayotgan kompleks musobaqaning navbatdagi kuni ham delegaciyamiz g'aznasi medallar bilan boyimoqda.
Biroz avval erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori gvineyalik Muhammad Kamarani 10:0 hisobida dog'da qoldirib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Yana bir bronza medalini ayollar erkin kurashi bahslarida Nigina Sobirova taqdim etdi. U uchinchi o'rin kechgan bellashuvda iordaniyalik Ayla Mayalini engdi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar