20 noy 16:38
Yangiliklar
Raqibsiz qolgan SHamil Gazievga jangga uch kun qolganda yangi raqib topib berishdi
Ammo Spivak safdan chiqdi. Bahrayn vakilining baxtiga uch kunlik ogohlantirish bilan dominikanlik Valdo Kortes-Akosta Gazievga qarshi oktagonga chiqishga rozi bo'ldi.
Valdo Kortes-Akosta uch haftadan kamroq vaqt oldin jang qilgan va birinchi raunddayoq Ante Deliyani nokautga uchratgandi. Nokautdan avvalroq Ante raqibining ko'ziga barmog'ini suqib olgandi. Dominikanlik Akosta bundan avvalgi jangida rossiyalik Sergey Pavlovichga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi. Bu bilan u o'zining beshta g'alabadan iborat seriyasiga barham bergandi. Valdo shu yilning iyunida kecha safdan chiqqan Sergey Spivak ustidan zafar quchgan edi.
Malumot uchun, SHamil Gaziev ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. U DonTel Maysani ochkolar, Tomas Petersenni esa texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan. Ayni paytda Valdo Kortes-Akosta UFC og'ir vazn toifasi reytingida oltinchi, SHamil Gaziev esa o'n birinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar