So’nggi yangiliklar

12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0

20 noy 14:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Ien Gerri: "Maxachevning men foydalanadigan "teshik"lari bor"

Kelayotgan shanba kuni Qatarda o'tkaziladigan UFC Fight Night 265 turnirining co-main event jangida yarim o'rta vazn toifasi vakillari Belal Muhammad va Ien Machado Gerri o'zaro to'qnash keladi.

Ushbu jang g'olibi Islam Maxachevga o'tgan UFC chempionlik kamari uchun davogarlardan biriga aylanadi. Gerri ishonchli g'alaba qozongan taqdirda Islam uchun yaxshigina boshog'rig'i bo'la olishiga to'la ishonmoqda.  

"Islam fenomenal. Jek bilan tik holatdagi jangda u ancha toza ko'rindi va men bundan juda hayratda qoldim. Uning xotirjamligi va chidamliligi men ilgari ko'rganlarimga nisbatan elita darajasida edi. Lekin uning zaif tomonlari ham bor. Agar o'sha jangni tomosha qilsangiz va zarba berish texnikasiga etibor qaratsangiz, u erda aniq "teshik"lar, yani kamchiliklar bor. Men ulardan albatta foydalangan bo'lardim. Ammo oyog'ingdan ushlasa - u dunyodagi eng zo'ri! Uning kurashi texnik jihatdan benuqson. U aqlli, u ziyrak, u ahmoqlik qilmaydi va xato qilmaydi. U har safar hamma narsani to'g'ri qiladi. U parterda jiddiy xavf tug'diradi.

SHunga qaramay, bularning barchasi meni tashvishga solmaydi. CHunki men juda aqlliman, tik holatda ishlashni juda yaxshi bilaman va uning qo'liga tushmayman. Men baland bo'yli, qo'llari keng jangchiman, keyin chapaqaylardan engilmayman. Biz bir-birimizga qarshi chiqqanimizda, u mening oyog'imga etishi va meni ushlab olishi kerak, chunki men u bilan jang qilganlarning barchasidan balandroqman. Bundan tashqari, men juda tezkorman. U hech qachon mendek tezkor jangchini ko'rmagan. Hatto eng engil divizion jangchilari ham menga o'xshab tezkor emas. Men dunyodagi eng tezkorman - bu mening xususiyatim. Raqiblar qarshimda turmaguncha, nimadir qila olaman deb o'ylashadi, keyin esa zarbalardan boshlari orqaga torta boshlaydi va nima qilishni bilmay qolishadi", - dedi irlandiyalik Doha shahrida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.

SHuningdek, Gerri nima uchun Islam o'zining ilk kamar himoyasini Kamaru Usmanga qarshi o'tkazishni istayotganini tushuntirdi.

"Men jahon chempioni, vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchi bir paytlar buyuk bo'lgan, ammo hozir oddiy sportchi bo'lgan aralash yakkakurash ustasi bilan jang qilishi kerak, deb hisoblaymanmi? Albatta, yo'q. U hozir reytingda qaerda? Sakkizinchimi yoki to'qqizinchimi? Uning so'nggi jangi esa UFC’da ettitaga yaqin mag'lubiyatga uchragan yigitga qarshi bo'ldi. Islam Maxachev tizzasi yo'q sobiq chempion bilan emas, yosh, o'sib borayotgan davogarlardan biri bilan jang qilishi kerak.

Agar men Islam bo'lganimda, men ham Usman bilan jang qilishni xohlardim. CHunki bu oson gonorar, oson g'alaba va yarim o'rta vazn toifasidagi birinchi chempionlik himoyasini o'tkazishning oson usuli. Lekin menga o'xshaganlar bo'lsa... Hozir to'rtta asosiy davogarga qarang: SHavkat Rahmonov, men, Karlos Prates, Maykl Morales. Bizda qanday umumiylik bor? Biz baland bo'yli, epchil, baquvvat va navqironmiz. Eng buyuk bo'lgan yigitga qaraganda ancha xavfli. Men uchun bu shunchaki haqiqiy chaqiriqdan qochish. Yuqoriga ko'tarilayotganlar bilan kurashish kerak. Och, ehtirosga to'la, hali chempion bo'lish nimaligini bilmaganlar bilan jang qilish lozim", – deya so'zlariga yakun yasadi Gerri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing