So’nggi yangiliklar

11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0

20 noy 16:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Fabio Uordlining ilk chempionlik himoya jangi qachon o'tkazilishi aytildi

Teglar :  Fabio Uordli
Superog'ir vaznda WBO yo'nalishining yangi chempioni Fabio Uordlining promouteri Frenk Uorren shu haqda xabar berdi.

"Agar qarasangiz, uning hikoyasi Zolushkaning hikoyasiga o'xshaydi, hech qanday havaskor tajribasi yo'q va u endi jahon chempioni, - dedi Uorren Sky Sports’ga bergan intervyusida Uordli haqida. - Bunga u mashaqqatli mehnat evaziga erishdi, Parvardigor uni yorlaqasin, omadini bersin. Uni ilk chempionlik himoyasi kutmoqda va tabiiyki, raqib kuchli o'ntalikdan bo'lishi kerak. Umid qilamanki, biz bu jangni erta bahorda amalga oshiramiz".

"U kuchli yigitlardan biri bilan uchrashadi. Bu uning uchun katta jang bo'ladi. Fabio faqat shunday janglarni xohlaydi. U hech qachon hech kimdan qochmagan. Katta janglar - bu uning istagi!", - deya qo'shimcha qildi Uorren.

Ehtimoliy raqiblar orasida sobiq jahon chempioni va reytingning beshinchi raqamli bokschisi Daniel Dyubua, shuningdek, reytingning yuqorisida borayotgan Filip Xrgovich va Derek CHisora bor. Ammo reytingning birinchi raqamli bokschisi Mozes Itaumaga qarshi jang o'tkazilishi dargumon.

"Agar WBO jangni belgilasa, u o'tkazilmasligi mumkin, - deb tan oldi Uorren. - Ularning murabbiyi bir va bu ayni paytda biz intilayotgan narsa emas".

SHuningdek, sobiq jahon chempionlari Entoni Joshua va Tayson Fyuri ham Uordliga qarshi jangda chempionlik unvonini qaytarib olishni istaydi.

"Ehtimol, ular buni xohlashar, - dedi Uorren. - Joshua buni xohlaydimi-yo'qmi, bilmayman, lekin men uning Jeyk Pol bilan emas, Fabio bilan jang o'tkazishini afzal ko'rardim. Lekin Joshua bunday qilmaydi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing