So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

14 dek 11:22
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston – Koreya Respublikasi: sport sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanmoqda

Xalqaro maydonda ochiqlik siyosatining yuritilishi natijasida mamlakatimizda boshqa sohalar singari jismoniy tarbiya va sport tizimida ham katta yuksalishlarga erishilmoqda.

Yuzlab davlatlarning sport tashkilotlari, xalqaro federaciyalar, alohida sport klublari, talim muassasalari bilan manfaatli hamkorlik aloqalari o'rnatildi. Yangi va istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Birgina Koreya Respublikasi davlati bilan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik aloqalari keng miqyosda ravnaq topmoqda.

Avvallari ushbu mamlakat bilan tor doiradagi qaysidir sport turlari, musobaqa va turnirlar orqali munosabatda bo'lingan bo'lsa, keyingi yillarda sport talimining bir necha yo'nalishlarida, xalqaro turnirlar o'tkazish borasida amaliy ishlar yo'lga qo'yilmoqda.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Umumjahon taekvondo policiyasi federaciyasining ijrochi maslahatchisi, Koreya Respublikasining Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk boshchiligidagi delegaciya azolari bilan uchrashuv chog'ida shu haqda so'z bordi.

Muloqot davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov yurtimizda Koreya Respublikasi bilan jismoniy tarbiya va sportning turli yo'nalishlarida mustahkam va ishonchli hamkorlik aloqalari o'rnatilganini, taekvondo sport turi bo'yicha O'zbekistonda bajarilgan ishlar etiborli ekanini takidladi.

Mamlakatimizda taekvondo bo'yicha xalqaro darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash, uning moddiy texnik bazasini kuchaytirish, ikki tomonlama hamkorlik doirasida jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida yangi taekvondo zalini barpo etish va ushbu majmuada har yili hokim Park Yoon-Guk kubogini tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirilib, kelishuvlarga erishildi.

Umumjahon taekvondo policiyasi federaciyasining ijrochi maslahatchisi, Koreya Respublikasining Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk O'zbekistonda Prezident SHavkat Mirziyoevning sport sohasiga qaratayotgan alohida etibori "Parij-2024" Olimpiadasida, xalqaro maydonda o'tkazilayotgan ko'plab jahon va qita chempionatlarida yaqqol namoyon bo'layotganini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing