So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

31 jan 11:05
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston Markaziy Osiyoda ilk bor MMA bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  MMA
Barchaga yaxshi malum, ayni paytda dunyoda jangovar yakkakurash sport turlari orasida MMA (aralash jang sanati) shiddat bilan rivojlanib, aksariyat sport ishqibozlari diqqat etiboriga tushmoqda.

Bugungi kunga kelib Xalqaro aralash jang sanatlari federaciyasi (IMMAF) xavaskor MMA dunyosining boshqaruv tashkiloti bo'lib 123 ta azo davlatni o'z ichiga oladi. 

IMMAF va UFC o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan IMMAF xavaskorlar o'rtasidagi musobaqalarda o'zini yaxshi natijalari bilan tanitkan sportchilar UFC bilan professional shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kecha, 30 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida Xalqaro aralash jang sanatlari (IMMAF) federaciyasi prezidenti Kerrit Braun, tashkilot bosh ijrochi direktori Densin Uayt va Osiyo qitasi direktori Vissam Abi Nader ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda shuningdek O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov va MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston aralash jang sanatlari associaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHerzod Tashmatov ham ishtirok etdi. 

Anjuman davomida shu yil oktyabr oyida O'zbekistonda ilk bor MMA bo'yicha havaskorlar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilishi rasman elon qilindi. Qayd etish lozimki, bunday musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi. 

Matbuot anjumani mobaynida OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing