So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

14 iyu 11:51
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston maxsus olimpiya jamoasi “Gothia Cup” musobaqasiga kuzatildi

O'zbekiston futbol associaciyasining anjumanlar zalida SHveciyaning Geteborg shahrida o'tkaziladigan “Gothia Cup” maxsus futbol musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan maxsus olimpiya jamoasini kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov, murabbiylar shtabi, futbolchilarning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kuzatuv marosimida so'zga chiqqan O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov barcha futbolchilarga Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning tabrigini etkazib,  ularga bo'lajak musobaqada omad yor bo'lishini tilashdi. SHuningdek, yurtimiz shanini munosib himoya qilishlariga umid bildirib o'tishdi.

O'z o'rnida futbolchilar nomidan so'zga chiqqan Abbos Mahkamov ko'rsatilayotgan etibor va bildirilayotgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorchilik izhor qilib, musobaqa yurtimiz shanini munosib himoya qilishga vada berib o'tdi.

“Gothia Cup” yoshlar futbol musobaqasi SHveciyaning Geteborg shahrida har yili o'tkazilib, unda dunyoning 80ta davlatidan tashrif buyurgan yoshlar va qizlar jamoalari ishtirok etishadi. Ishtirokchilar soniga ko'ra bu turnir dunyodagi eng yirik musobaqalardan biri hisoblandi. 1975 yildan beri o'tkazib kelinayotgan bu musobaqada shu kunga qadar 80 dan oshiq davlatlardan 1 750 jamoa va 37 000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishgan.

Ushbu musobaqa bir hafta davom etib, Geteborg shahrining asosiy tadbiriga aylanadi. SHahardagi 110 ta maydonda 4 500 ta o'yin o'tkazilib 300 000 dan ziyod tomoshabin tashrif buyuradi.

Bu yilgi musobaqada 12 ta davlatdan tashrif buyurgan 25 ta jamoa, xususan O'zbekiston maxsus olimpiya jamoasi ham qatnashadi.

Jamoamiz joriy musobaqada to'rtinchi marta ishtirok etadi. Futbolchilarimiz shu kunga qadar bo'lib o'tgan musobaqalarda ketma-ket 3 marotaba yurtimizga kumush medallar bilan qaytishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing