So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

04 sen 18:03
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA

O'zbekiston MDH o'yinlarida medallar jamg'arish bo'yicha nechanchi o'rinda?

Teglar :  MDH o'yinlariBoks
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida MDH o'yinlari davom etmoqda.

Ilk bor tashkil etilayotgan musobaqaning bugun ikkinchi kungi bahslari o'tkazilyapti. Ayni shu daqiqalarga kelib O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni 8 taga etgan. Ikkita kumush va 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o'rinni egallab turibmiz. Kecha musobaqaning birinchi kuni yunon-rum kurashchilarimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan edi.

Bugun esa bokschilarimizdan to'rt nafari yarim finalga etib keldi va bu bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bu bilan delegaciyamiz hisobiga yana 4 ta bronza medali qo'shildi. O'g'il bolalar o'rtasida Umidillo Abdurasulov (-60 kg), Jafarbek SHahbozov (-66 kg), qizlarda Uzukjamol Yunusova (-52 kg) va Guldana Tileubergenova (-54 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Kutilganidek, Rossiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha peshqadamlik qilyapti. Musobaqa mezbonlari hozirgacha 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 13 ta medal qo'lga kiritib ulgurishdi. Uchta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medaliga ega Ozarbayjon ikkinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini rasmiylashtirgan Belarus terma jamoasi uchinchi pog'onadan joy olgan. Qozog'istonlik sportchilar esa 3 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan 4-o'rinni band etishgan. 

Reyting:    

Fikrlar

   
04 sen 21:11:01
Bulent
Yana azar va qozoqlardan meyin medallar buyicha kaz oldinda ekan
   
04 sen 18:47:06
Javohirjon
Dabdalaku boksyorlarga nma bölyapti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing