26 mar 09:59
Yangiliklar
O'zbekiston medalsiz qolgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida kim etakchilik qilyapti?
Ayni paytga kelib 6 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'lib ulgurdi. -48 hamda -81 kg vaznlarda mezbonlar vakilalari Nitu Gangas va Saviti Bura, -52 va -63 kg vaznlarda xitoylik bokschilar YU Vu hamda Yan CHenyuy, -57 kilogrammda italiyalik Irma Testa, -70 kg vaznda esa rossiyalik 18 yoshli Anastasiya Demurchyan jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
Hozircha Xitoy 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. Hindiston 2 ta oltin bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini jamg'argan Rossiya kuchli uchlikka yakun yasagan. To'rtinchi o'rindagi Italiya terma jamoasida 1 ta oltin va 1 ta kumush medali bor. Qozog'istonlik bokschilar 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega chiqishgan. Jami 17 davlat terma jamoalari kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining ushbu jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi chorak final bo'lgan edi.
Fikrlar