So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

07 jan 15:15
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyatining yangi tarkibi tasdiqlandi

Teglar :  MOQOlimpiyaUsmonov
Xabar berganimizdek, kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining XXX Bosh assambleyasi o'tkazilgandi.

Mazkur Assambleyada 2013-2016 yillar mobaynidaga olimpiya cikli davomida qilingan ishlar yuzasidan hisobot topshirish bilan birgalikda, bo'lajak Olimpiya o'yinlarilariga tayyorgarlik rejasi ham muhokama etildi.


SHuningdek, Assambleyada tashkiliy masala ham ko'rib chiqilib, to'rt yil davomida Milliy olimpiya qo'mitasiga rahbarlik qilgan Mirabror Usmanov o'rniga “O'zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultanov saylandi.

Sir emaski, aynan shu oxirgi olimpiya cikli o'zbek sporti tarixiga oltin harflar bilan bitiladigan bo'ldi. Boisi sportchilarimiz Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilgan XXX yozgi Olimpiya hamda XV Parpalimpiya o'yinlarida butun dunyoni hayratga solib har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.


Bundan tashqari mamlakatimizda qanchadan qancha sport inshootlari, o'quv-mashg'ulot bazalari bunyod etildi va ular eng zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlandi.


Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizga xorijdan malakali murabbiylar taklif etildi. Bir so'z bilan aytganda o'zbek sportiga mustahkam poydevor yaratildi. Natijalar esa uzoq kuttirmay o'z samarasini berdi.


Yuqorida keltirilgan amaliy ishlar bevosita shaxsan O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning umumiy rahbarligida, shuningdek amaldagi Prezident SHavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida bir qator Vazirlik hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.


Assambleya qatnashchilari Mirabror Usmanovning Milliy olimpiya qo'mitasi boshqaruvida qilgan ulkan hajmdagi mehnatlarini hisobga olib, sport jamoachiligining talabiga binoan uni faxriy Prezident sifatida Milliy olimpiya qo'mitasida olib qolish taklifini kiritishdi va bu taklif bir ovozdan, ko'tarinki kayfiyat bilan qabul qilindi.

Demak, endilikda Mirabror Zufarovich yangi saylangan rahbariyatga nafaqat o'z maslahatlari bilan yordam berib boradilar, balki olimpiya harakatini moliyalashtirishda ham bevosita ishtirok etadilar.


SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasining vice-prezidentlari va Bosh kotib lavozimlariga ham saylov o'tkazildi. Bugundan etiboran “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktori Valeriy Tyan, O'zbekiston sport kurashlari Associaciyasi raisi Salim Abduvaliev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining amaldagi vice-prezidenti Farhod Turdiev va O'zbekiston Milliy paralimpiya Associaciyasi raisi o'rinbosari Umid Ahmadjonovlar Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidentlari lavozimiga, Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga bir ovozdan saylandilar.


Milliy olimpiya qo'mitasining Ijroiya qo'mitasida ham o'zgarish yuz berdi. Endilikda Ijroiya qo'mitasi to'qqiz kishidan iborat bo'ladi. Bular: Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Alisher Sultanov, Vice-prezidentlari Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev, Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazir o'rinbosari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi ijro etuvchi direktori Erkin Iskandarov, O'zbekiston tennis federaciyasi Bosh kotibi Igor SHepelev va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi rais o'rinbosari SHahrillo Mahmudovlardir.


Assambleya so'nggida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan sportchilarimiz - Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov, Fazliddin G'oibnazarov va Ruslan Nurudinovlarga “Ravshan Mirtajiev” galereya ustaxonasi ustalari tomonidan ishlangan “Olimpiya chempionlari” bronza haykallarini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev nomidan topshirdi.


Milliy olimpiya qo'mitasi oldida turgan endigi asosiy vazifa O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya, hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash ekanligi takidlab o'tildi.

O'z navbatida Qo'mitaga yangi saylangan prezident Alisher Sultanov buning uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solishga vada berdi. SHuning bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining navbatdagi XXX Bosh Assambleyasi o'z ishini yakunladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing