So’nggi yangiliklar

23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0

12 may 15:20
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Rustam To'laganovning “olamsport.com” caytiga bergan intervyusiga munosabat bildirdi

Teglar :  Rustam To'laganov
10 may kuni Olamsport.com sayti jonli efirda Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov bilan intervyu uyushtirgandi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu intervyu yuzasidan o'z rasmiy munosabatini taqdim etdi.

"Kecha boks bo'yicha Rio-2016 Olimpiya o'yinlari sovrindori Rustam To'laganov bilan “olamsport.com” sayti va uning “YouTube” tarmog'idagi sahifasida video ko'rinishida intervyu chop etildi.

Bokschimiz suhbat davomida “Olimpiadada (Rio-2016 nazarda tutilmoqda) har bir sportchiga telefon va “sutochnyy” pul berilgan 400 yoki 300 dollar. 2 odam turib olib, o'shani bo'lishib olmoqchi bo'lishdi. Man ichkarida og'ir ahvolda yotibman. Ular mani telefonim va pulimni bo'lishvotti. Bu qanaqa isnot? … Davlatning manda qarzi bor … 3 yil to'lashmagan manga “Olimpiyskiy” stipendiyamni”, degan jumlalarni gapirib o'tdi.

Takidlash joizki, Rustam To'laganov Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgach, hukumatimiz tomonidan belgilangan 75 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli, “Malibu” avtomobili, poytaxtimizdagi Sergeli tumanidan er maydoni bilan taqdirlangan. Davlatimiz tomonidan “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. SHuningdek, intervyuda xuddi o'zi aytib o'tgani kabi, unga belgilangan tartibda Olimpiada sovrindori uchun beriladigan umrbod oylik nafaqa ham to'lab kelinmoqda. Qolaversa, karantin cheklovlari kuchaytirilgan davrda Olimpiyachilarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida uning hisob raqamiga jami 45 million so'm miqdorida mablag' o'tkazib berildi. Davlatimiz Olimpiada sovrindorlariga shunchalik katta etibor qaratmoqda. Taqqoslab ko'ring, dunyoda sport taraqqiy etgan qator davlatlarda Olimpiada chempionlari quyidagicha taqdirlanadi: Germaniya – 19 500, AQSH – 25 000, Xitoy – 31 400 AQSH dollari. Rio-2016 Olimpiadasidan so'ng hatto Buyuk Britaniyada Olimpiada chempioniga ham, sovrindoriga ham mukofot puli to'lanmagan. SHunday ekan, sportchilariga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgan davlatning Rustam To'laganovdan hozirgi paytda qarzi bo'lishi mumkinmi?

Rio-2016 Olimpiadasi mobaynida esa har bir sportchiga ajratilgan telefon va sutkalik yashash uchun pullarini Rustam To'laganov to'liq olgan. U takidlagan va MOQ berishi kerak bo'lgan 3 yillik to'lov esa Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan terma jamoa vakillarini rag'batlantirish uchun to'lanadigan stipendiya hisoblanadi. Rustam To'laganov Rio-2016 Olimpiadasidan so'ng 10 oy terma jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Bu tabiiy hol, sportchi bu davrda Olimpiadaga olib borilgan uzoq muddatli tayyorgarlikdan so'ng hordiq chiqargan bo'lishi mumkin. Biroq undan keyingi davrda faoliyatining asosiy qismini professional boksda davom ettirdi va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'radigan tarkibdan o'rin olmadi. SHunday ekan, bu borada unga to'lanishi zarur bo'lgan mablag' haqida gap bo'lishi mumkin emas.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Rustam To'laganovning o'zbek sporti, xususan, boksimiz rivoji yo'lida qo'shgan ulkan hissasini qadrlaydi. Biroq uning o'sha intervyuda unga to'lanishi zarur bo'lgan pul mablag'lari haqidagi fikrlarini asossiz deb hisoblaydi. Agar sportchimizning Qo'mitaga nisbatan boshqa gaplari va etirozlari bo'lsa, uni ochiq oydin, isbot va dalillari bilan keltirib o'tishini so'raymiz. Milliy Olimpiya qo'mitasi har bir atletimiz, murabbiylarimiz va federaciyalarimizning fikr-mulohazalarini, yuzaga kelayotgan muammolarni ichidan o'rganishga doimo tayyor ekanini malum qiladi. Zero, MOQ o'zbek sporti oilasi uchun xizmat qiladi.

SHu bilan birgalikda, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining eshigi sportchilar tomonidan bildiriladigan talab, taklif va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun ochiq ekanligini, har qanday murojaatni o'rganib chiqib, unga xulosa berilishini, OAVda bu kabi materiallarni chop etishdan oldin rasmiy (yozma) murojaat bilan chiqib, o'zaro hurmat va sportcha birdamlik kabi g'oyalarni esdan chiqarmaslik maqsadga muvofiq bo'lishini eslatib o'tamiz", - deyiladi MOQ sayti tomonidan elon qilingan bayonotda.

Intervyuning to'liq shakli:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing