So’nggi yangiliklar

15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0

21 jan 11:04
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashkil etilganiga 28 yil to'ldi

Bugun 2020 yil 21 yanvar. Milliy olimpiya qo'mitasi tashkil etilganiga 28 yil to'ldi.

MOQ – nodavlat notijorat tashkilot hisoblanib, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro olimpiya qo'mitasi Xartiyasi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Nizomi asosida olib boradi. Tashkilot Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, olimpiya harakati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yo'lida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 1992 yilning 21 yanvar kuni tashkil etilgan. 1993 yilning sentyabr oyida Xalqaro olimpiya qo'mitasining 101-Sessiyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi XOQ tomonidan rasman tan olingan va shundan so'ng tashkilot xalqaro maydonda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'lgan. SHu kundan etiboran, O'zbekiston muntazam ravishda yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarida qatnashib kelmoqda.


Mustaqil mamlakat sifatida Olimpiya o'yinlarida

O'zbekiston bugungi kungacha mustaqil davlat sifatida 7 ta qishki (Lillexammer-1994, Nagano-1998, Solt-Leyk-Siti-2002, Turin-2006, Vankuver-2010, Sochi-2014, Pxyonchxan-2018) Olimpiadada qatnashgan. Umumiy hisobda qishki Olimpiya o'yinlarida shu kungacha 29 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan. Qishki Olimpiadalar tarixida terma jamoamiz azolari tomonidan 1 ta oltin medal qo'lga kiritilgan. 1994 yili Lina CHeryazova Norvegiyaning Lillixammer shahrida fristaylning akrobatika yo'nalishi bo'yicha qishki Olimpiya o'yinlari shohsupasiga ko'tarilgan. Ushbu medal mustaqil O'zbekistonning Olimpiadalardagi ilk oltini sifatida tarixga kirgan.

Yozgi Olimpiya o'yinlarida esa 1996 yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etib kelamiz. O'zbekiston umumiy hisobda 6 ta yozgi (Atlanta-1996, Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012, Rio-de-Janeyro-2016) Olimpiadada 406 nafar sportchi bilan qatnashgan. Hamyurtlarimiz tomonidan 9 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medali qo'lga kiritilgan.


Bugungi kunda MOQ siyosati

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda sportni rivojlantirish yo'lida keng ko'lamda ish olib bormoqda. Tabiiyki, bu borada asosiy etibor olimpiya sport turlariga qaratilmoqda. O'tgan vaqt mobaynida noolimpiya yo'nalishlaridan olimpiya sport turlariga iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida ko'plab selekcion musobaqalar tashkil etildi.

Bundan tashqari, Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro aloqalarni mustahkamlab, nufuzli xalqaro sport tashkilotlari, etakchi sport mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlikni yo'lga qo'ygan.


Tokio-2020 yo'lida

Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro arenalarda, kompleks musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federaciyalari va associaciyalari bilan hamjihatlikda ish olib bormoqda. Tashkilot tomonidan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga muhtaram Prezidentimiz bergan ko'rsatmalar asosida tayyorgarlik olib borilmoqda. Licenzion musobaqalarga hozirlik ko'rayotgan terma jamoalarimizning xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilmoqda. Qolaversa, sport tibbiyoti yo'nalishiga ham alohida etibor qaratilmoqda. SHu munosabat bilan, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidagi sharoitlar yaxshilandi, terma jamoa azolari ushbu markazda to'liq tibbiy ko'rikdan o'tib kelishmoqda. Sport federaciyalariga malakali shifokorlar, dietolog va psixologlar biriktirilgan.

2020 yil Olimpiya yili bo'ladi. Biz ushbu yilda Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari uchun ko'plab licenziyalarni qo'lga kiritish va unda munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga 30 dan ortiq yo'llanma olingan. Yaqin kunlar ichida bu raqamlar ortishidan umidvormiz. Bungacha har to'rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasida o'zbek atletlari ishtirok etmagan yo'nalishlarda ham qatnashib, o'ziga xos «Olimpiya imtihoni»ni muvaffaqiyatli topshirish va xalqimiz, Prezidentimiz hamda sport muxlislari tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing