24 avg 17:31
Yangiliklar

SHarapova, Uilyams va aka-uka Brayanlar tennis SHon-sharaf Zaliga qabul qilindi + FOTO
Unda jahon tennisi rivojiga hissa qo'shgan sobiq tennischilar tennis SHon-sharaf Zaliga qabul qilindi. Ular orasida dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikalari rossiyalik Mariya SHarapova, amerikalik Serena Uilyams hamda aka-ka Bob va Mayk Brayanlar bor edi.
Mariya SHarapova professional tennischilik faoliyati davomida besh marotaba "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlar g'olibasi bo'lgan. U hamyurtlari Marat Safin va Evgeniy Kafelnikovdan keyin SHon-sharaf Zaliga kiritilgan uchinchi rossiyalik tennischiga aylandi.
Serena Uilyams umumiy hisobda 38 marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlarida chempion bo'lgan. SHulardan 23 tasi yakkalik turnirlariga to'g'ri keladi. Bu borada u birgina tennis afsonasi Margaret Smit-Kort (24)dan bor yo'g'i bitta sovringa ortda qolmoqda. Lekin endi hech qanaqasiga o'tib keta olmaydi.
Malumot uchun, Bob va Mayk Brayanlar juftlikdagi faoliyatlari mobaynida 16 bor "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarda bosh sovrinni qo'lga kiritishgan.
Fikrlar