24 avg 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu daqiqalarni intizorlik bilan kutyapman". Pimblett orzusini aytdi
Engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan britaniyalik 30 yoshli aralash yakkakurash ustasi nimani orzu qilishini ochiqladi.
Qizig'i shundaki, u ko'pchilik singari UFC chempioni bo'lishni emas, engil vazn uchun belgilangan 70 kg vaznni qilishdan qutuladigan kunni kutib yashar ekan.
"Vazn tashlamaydigan kunim men uchun haqiqiy bayramga aylanadi. Men o'sha kunni intiqlik bilan kutyapman. Dietadan qutuladigan kunimni kutib yashayapman. Vazn tashlashdan ortiq azob menga yo'q. Qachon yarimog'ir vazn toifasiga o'tar ekanman?", — deya Pimblettning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Peddi Pimblett 2022 yilning mart oyida UFC oktagonida debyut qilgan. Ayni paytda u 7 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda va shunga monand tarzda engil vazn reytigida 7-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar