So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

21 jan 17:19
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston MOQ 30 yilligi ko'tarinki ruhda nishonlandi FOTOREPORTAJ

Teglar :  MOQO'zbekiston
Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashkil etilganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan Qo'mita binosida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, uzoq yillar yurtimizda Olimpiya harakati targ'ibotida, Qo'mitamiz tashkil etilishida mehnati singan faxriylar, Olimpiya o'yinlari chempionlari va sovrindorlari ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi va bugungi tadbir mohiyati haqida gapirib o'tdi. Kirish qismidan so'ng O'zbekiston MOQning 30 yillik faoliyatiga bag'ishlab ishlangan maxsus videorolik qo'yib berildi.

SHundan keyin Rustam SHoabdurahmonov Olimpiya harakati oilasiga o'zining bayram tabrigini yo'lladi.

“O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'tgan qisqa vaqt ichida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Osiyo Olimpiya kengashi va qator xalqaro sport federaciyalari hamda tashkilotlari bilan o'zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda sport va sog'lomlashtirish jarayonlarining natijadorligi Yangi O'zbekistonni barpo etish vazifalari bilan uzviy bog'liq ekanini anglagan holda temir intizom bilan harakat qilishimiz lozim. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan bizni har jihatdan qo'llab- quvvatlab kelayotgan, barcha zarur sharoitni yaratib berayotgan davlatimiz va hukumatimiz rahbarlariga va shaxsan muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga, shuningdek biz bilan hamkorlik qilib kelayotgan Turizm va sport vazirligiga, faxriylarimizga va sport federaciyalariga o'z minnatdorchilikimizni izhor etamiz.”, – dedi MOQ rahbari.

Tadbir davomida MOQ tashkil etilishida bevosita ishtirok etgan va uzoq yillar Qo'mita vice-prezidenti lavozimida ishlagan Igor Baraban, 2005-2009 yillar MOQni boshqargan Rustam Qurbonov ham so'z olib, bugungi kunda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan Olimpiya harakati rivojiga ko'rsatilayotgan etibor haqida gapirib o'tishdi. SHuningdek, Igor Petrovich Rustam SHoabdurahmonovga tarixiy hujjat – O'zbekiston MOQ tashkil etilgani haqidagi 1-protokolning nusxasini taqdim qildi.

SHundan so'ng Aziz Abduhakimov hukumatimiz, Turizm va sport vazirligi nomidan barchani qutladi.

“Bugun juda muhim tadbirda birgalikda jam bo'ldik. Afsuski, hozirgi vaqtda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab bayramni katta hajmda o'tkaza olmayapmiz. Biroq epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Osiyo Olimpiya kengashi va boshqa yirik xalqaro sport tashkilotlarining vakillari ishtirokida mazkur bayramni o'zgacha shukuhda nishonlashni rejalashtirganmiz. Prezidentimiz Olimpiya harakatini qo'llab-quvvatlashga qaratayotgan etiborlari barchangizga malum. Yaqinda Oksana CHusovitina, Bahodir Jalolov kabi sportchilarimiz sharafiga ularning maktablari ochiladi. Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni bugungi ayyom bilan samimiy muborakbod etaman!”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Olimpiyachilarimiz nomidan Mustaqil O'zbekiston uchun yozgi Olimpiya o'yinlarida birinchi oltin medalni taqdim qilgan Sidney-2000 Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev o'z tabriklarini yo'lladi.

Tadbir davomida uzoq yillar mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi, Olimpizm g'oyalari targ'ibotida faoliyat olib borgan ko'plab insonlarga, sport federaciya va associaciyalariga O'zbekiston MOQning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Bayramning ajoyib qismlaridan biri og'ir atletika bo'yicha jahon rekordini o'rnatgan ilk o'zbek polvoni, og'ir atletikamiz rivojiga o'zining salmoqli hissasini qo'shgan Erkin ota Karimovni tavallud ayyomi bilan qutlash bo'ldi. Qo'mitamiz bilan bir kunda tavallud topgan Erkin ota bugun roppa-rosa 80 yoshni qarshi oldilar. MOQ hamda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi u kishini ushbu muborak yosh bilan qutlab, esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Tadbir so'ngida Rustam SHoabdurahmonov davlatimiz rahbarining qo'llab-quvvatlashi ostida MOQ hamda Turizm va sport vazirligi Yangi O'zbekiston uchun yangi g'alabalar taqdim qilish yo'lida birgalikda faoliyat olib borishini takidlab, barchaga o'zining samimiy tilaklarini yo'lladi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing