12 sen 15:15
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
O'zbekiston Osiyo o'yinlarida nechta sport turida qatnashishi malum qilindi
23 sentyabr kuni Xanchjouda Osiyo o'yinlari boshlanadi.
Bugun shu munosabat bilan poytaxtimizda matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda bir qator savollarga javob berildi. SHu jumladan, Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi necha sportchi bilan ishtirok etishi haqida malumot berildi.
"Osiyo o'yinlarida 38 ta sport turida qatnashish rejamiz bor. Bu katta raqam. O'zbekiston uchun bunaqasi birinchisi bo'ladi.
Yaqin kunlar ichida tarkibni bilib olasiz", - dedi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov.
Avvalroq O'zbekiston ushbu musobaqada 350 nafardan ortiq sportchi bilan ishtirok etishi haqida malum qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar