16 apr 15:07
Yangiliklar
O'zbekiston professional boks federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi
O'PBF azolari mamlakatimizda professional boksni rivojlantirish bilan bog'liq bir qator muhim masalalarni muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qildilar.
Jumladan, federaciya azolari tomonidan O'PBF Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibi, yani: federaciya raisi U.T.Yoqubov, raisning birinchi o'rinbosari G.A.Rahimov, rais o'rinbosari Z.N.Xodjiniyozovlar saylandi. Bundan tashqari, Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibiga boks bo'yicha to'rtta Olimpiya chempionlari Muhammadqodir Abdullaev, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do'stmatov va Fazliddin G'aibnazarovlar kiritildi.
SHuningdek, federaciya faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tashkilot oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida federaciya azolari tomonidan O'PBF tarkibida yangi tuzilma –Vasiylik Kengashini tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi. Kengash raisligiga bir ovozdan Q.M. Rafikov saylandi.
Federaciya azolari O'PBF nizomini yangi tahrirda tasdiqladilar va O'zbekistonda professional boksni rivojlantirish bo'yicha kelgusidagi tadbirlarga oid masalalarni muhokama qildilar.
O'zbekiston professional boks federaciyasi Matbuot xizmati
Fikrlar