So’nggi yangiliklar

19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0

30 dek 08:44
Yangiliklar

Gandbol

O'zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov: "Zafarli odim 2025 yilda ham davom etadi"

Bir necha kun oldin O'zbekiston gandbol federaciyasiga yangi rahbar saylangandi.

O'zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov bundan buyon mamlakat gandbol federaciyasiga raislik qiladi. Yangi rahbar barchani bayram bilan tabriklar ekan, yangi 2025 yilda ham sportchilarimizning muvaffaqiyatli odimi davom etishiga ishonishini aytdi. 

"Aziz hamyurtlar! Sizlarni qutlug' qadamlar bilan kirib kelayotgan Yangi - 2025 yil bilan tabriklayman. Ortda qolayotgan yil o'zbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Sportchilarimiz Olimpiada va Paralimpiya o'yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida misli ko'rilmagan natijalarga erishdilar. 

Albatta, bu qalbimizga g'urur va faxr hissini bag'ishladi. Ishonchim komil, yangi yil ham bundan mustasno bo'lmaydi. Zafarli sportchilarimiz ananani davom ettirib, davlatimiz bayrog'ini yanada sarbaland qilishadi. 

Yangi yilda xush kayfiyat, sog'lik va salomatlik, omad va muvaffaqiyat Sizlarni aslo tark etmasin. Fayzu baraka, to'kin-sochinlik va farovonlik oilangiz hamrohiga aylansin. Ayyomingiz muborak bo'lsin!"

Hurmat bilan Quvondiq Sanaqulov, O'zbekiston Qahramoni, mamlakat gandbol federaciyasi raisi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing