28 jan 15:39
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
O'zbekiston qishki Osiyo o'yinlari dasturiga ilk bor kiritilgan sport turida debyut qiladi
Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlari dasturidan chang'i alpinizmi sport turi ham o'rin olgan.
Mazkur sport turi qishki Osiyo o'yinlarida ilk bor tashkil etiladi. Bundan tashqari, 2026 yilda Milan va Kortinada o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlarida ham chang'i alpinizmi ilk bor o'ynaladi.
7-14 fevral kunlari bo'lib o'tadigan qishki Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi ham chang'i alpinizmi bahslarida ishtirok etadi.
Terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan quyidagi sportchilar joy olgan:
Maxsudjon Akobirov
Moxinur Aralova
Feruza Boboqulova
Ezozbek Xushvaqtov
SHoxrux Sardorov
Jasur SHamshiddinov
Asila SHoyimova
Ezoza SHaymardonova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar