09 may 17:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				O'zbekiston sambo associaciyasi xodimlari 9 may munosabati bilan sport faxriylarini yo'qlashdi
Xabaringiz bor, bugun 9 may O'zbekistonda xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda. 
			SHu munosabat bilan, O'zbekiston sambo associaciyasi jamoasi o'zbek sportida o'ziga xos iz qoldirgan sport faxriylarini yo'qlashdi, ularning holidan xabar olishdi.
Associacyamiz jamoasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylar, tirik afsonalar Arslon Ilov, Omon To'ymurodov, xamda sambo fidoyisi, 50 dan ortiq sport ustasini tayyorlagan Vladimir Aristarxov kabi faxriylariga ehtirom ko'rsatishdi.
SHu bayram munosabati bilan O'zbekiston sambo associaciyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz doim musaffo bo'lsin!!!





            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar