So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

07 dek 15:53
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston shaxmat federaciyasi: Anton Filippov terma jamoa sharafini himoya qilishdan bosh tortgani uchun stipendiyadan mahrum qilingan

Bundan bir necha kun oldin olamsport.com saytida shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Anton Filippov stipendiyadan mahrum qilingani haqida xabar qilgandik.

O'zbekiston shaxmat federaciyasi saytimizda berilgan ushbu xabarga o'z munosabatini bildirdi.

Federaciya tomonidan taqdim etilgan raddiyada terma jamoa murabbiylari Anton Filippov terma jamoa sharafini himoya qiluvchi turnirlarda ishtirok etmagani uchun ushbu imtiyozdan mahrum etilganligi haqida aytib o'tganlar.

"Anton Filippov 2016 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etganligi inobatga olinib, 2017 yilning senyatbr oyiga qadar mashg'ulot davomida energiya sarfi va jismoniy zaxirani tiklash uchun  kompensaciya belgilanib keldi. Birok, Anton Filippov  joriy yilning sentyabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida o'tkazilgan Yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida ishtirok etib terma jamoa safida qatnashishdan bosh tortdi. SHuningdek, 2017 yil davomida o'tkazilgan terma jamoa sharafini himoya qiluvchi musobaqalarda ishtirok etmadi. Aytish lozimki, erkaklar milliy terma jamoasi uchun kompensaciya uchun 3 stavka ajratilgan. Terma jamoa sharafini himoya qiluvchi azolar uchun bu juda oz. Terma jamoaning boshqa azolari esa, O'zbekiston sharafini himoya qilib, lekin xech qanday kompensaciya olmasligi boshqa shaxmatchilar orasida xam tushunmovchiliklarni keltirib chikaradi.

Erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Sabirov Farxod



SHuningdek, Nafisa Mo'minovaning ham stipendiyadan mahrum etilishiga izoh berildi.

"Nafisa Mo'minovaga esa 2017 yilning 1 iyuliga qadar mazkur kompensaciya berildi. Lekin tug'ruq tatiliga chiqqanligi, buning natijasida esa Markaziy Osiyo chempionatida, shuningdek, Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qila olmadi. SHu sababli, men uning tug'ruq davridagi mashg'ulotlarda ishtirok etishi bo'yicha javobgarlikni bo'ynimga ololmayman. Aytishim lozimki, ayollar terma jamoasi uchun ham kompensaciya uchun 3 stavka ajratilgan. Men ayollar terma jamoasi azolariga xolisona munosabatdaman. Aytishimiz lozimki, Nafisa terma jamoa jamoa sharafini himoya qiluvchi musobaqalarda ishtirok etishi bilanoq, ushbu kompensaciyadan foydalana oladi.

Ayollar terma jamoasi murabbiyi Sabirova Olga


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing