11 avg 17:46
Yangiliklar
O'zbekiston sport delegaciyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini rasman yakunladi, Olimpiadalardagi rekordimiz yangilandi!
Unda delegaciyamiz 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Delegaciyamiz umumiy hisobda 206 mamlakat ichida 13-o'rinni band etdi.
Parij Olimpiadasida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
Diyora Keldiyorova (dzyudo)
Ulug'bek Rashitov (taekvondo)
Hasanboy Do'smatov (boks)
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (boks)
Lazizbek Mullojonov (boks)
Razambek Jamalov (erkin kurash)
Abdumalik Xalokov (boks)
Bahodir Jalolov (boks)
Kumush:
Akbar Jo'raev (og'ir atletika)
Svetlana Osipova (taekvondo)
Bronza:
Muzaffarbek To'raboev (dzyudo)
Alisher Yusupov (dzyudo)
G'ulomjon Abdullaev (erkin kurash).
Sportchilarimiz ertaga, soat 19:00dan so'ng O'zbekistonga qaytib kelishadi. Delegaciyamiz vakillari Toshkentda tantanali tarzda kutib olinadi.
Fikrlar