So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

09 apr 10:13
Yangiliklar

Sport kurashlari

O'zbekiston sport kurashlari tarixi va uning yorqin sahifalari

O'zbekiston Sport kurashlari Associaciyasiga 1992 yilda asos solingan.

1993 yilda United World Wrestling – Birlashgan kurash dunyosi (avvalgi nomi FILA)ga to'laqonli azo sifatida qabul qilingan. Aynan o'sha yildan etiboran O'zbekiston terma jamoasi Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon hamda Osiyo chempionatlarida mustaqil ravishda muntazam ishtirok etib kelyapti.

O'zbekiston sport kurashlari tarixiga nazar tashlasak, unda ko'plab mashhur sportchilar bo'lgan. Ular orasida 1972 yilgi Myunxen Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni Rustem Kazakov, uch karra SSSR hamda Evropa-1982 chempioni Vasiliy Anikin, besh karra SSSR va Evropa-1984 chempioni, jahon chempionatlarining bir necha bor sovrindori Kamil Fatkullin, shuningdek, Hamid Vohidov, aka-uka Kursat va Rifat Ablaev, Vladimir Ulyashkin va boshqalarni alohida etirof etish o'rinli bo'ladi. Nomlari tilga olinganlar sport kurashlari bo'yicha o'zbek maktabi poydevorini qo'yishgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

SHu o'rinda faxriy kurashchilarimizdan biri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Hamid Vohidov haqida malumot beramiz. Hamid aka butun hayot va faoliyatini O'zbekistonda yunon-rim kurashining ommalashishiga sarfladi. U qiyinchiliklarga to'la suronli yillarni shunday eslagan edi: “Biz qiyin davrni boshdan kechirdik. Mashg'ulotlar mat, yani kurash gilamida emas, balki matraslar ustida o'tkazilardi. Buxoroda esa vaziyat bundan ham ayanchli ahvolda edi. Kurash maydonida erdan 30 santimetr chuqurlikda bo'lib, ichiga opilka, yani taxta qirindisi to'shalgandi”.

Hamid Vohidov Buxoro shahrida dunyoga kelgan. 1942 yilda 10-sinfni tamomlagan bo'lajak kurashchimiz xarbiy xizmatga chaqarildi va Vatan himoyasi uchun olovli kurash maydoni – Stalingrad frontiga ga jo'nab ketdi. Vohidov Stalingraddan to Berlingacha bo'lgan masofani g'olibona bosib o'tdi. 1945 yilda ikkinchi jahon urushi yakunlangach, Hamid Vohidov o'zi tug'ilib o'sgan Buxoroga qaytdi va yunon-rim kurashi to'garagini ochdi. 1947 yilda avvaliga Buxoro shahri, keyin esa O'zbekiston chempioni bo'ldi. U 1950 yili yana xarbiy xizmatga chaqirildi. Xizmat davomida Turkiston xarbiy okrugi (TurkVO) chempioniga aylandi. 1955 yilda esa sobiq Ittifoq Armiyasi chempioni bo'ldi va bu bilan unga leytenant unvoni berildi. 1956 yili SSSR xalqlari Spartakiadasida 5-o'rinni egalladi. Bu natija unga SSSR sport ustasi unvonining berilishiga xizmat qildi. Hamid Vohidov sportchilik faoliyati davomida 13 karra O'zbekiston chempioni bo'ldi. Murabbiylik faoliyatida 30 nafardan ziyod sport ustalarini tayyorladi. Uning mehnatlari munosib taqdirlanib, qahramonimizga O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni berildi. Hamid aka 1998 yil faxriylar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib, yunon-rim kurashi bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi.

Faxriylarimiz haqida gap ketganda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Komil Fatkullinni eslamay ilojimiz yo'q. Boisi, Komil aka O'zbekiston sport kurashlari tarixidagi eng sovrindor polvonlarimizdan biri hisoblanadi. Fatkullin jahon chempionatlari (1977, 1979, 1983)ning uch karra kumush medali sohibiga aylangan. U shuningdek, 1984 yilgi Evropa chempioni, ikki karra SSSR xalqari Spartakiadasi g'olibi, uch karra SSSR chempioni bo'lgan. Komil Fatkullinning murabbiylikdagi faoliyati ham yorqin chiqqan. Uning qo'l ostida yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Aripov 2001 yili jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan. Aleksandr Dokturishvili esa Afina-2004 Olimpiadasida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan. Oradan ancha vaqt o'tib, Kamil Fatkullin yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi. U 2015 yilda “klassik”larimizni Rio-2016 Olimpiadasining licenzion turnirlariga tayyorladi.

O'zbekiston tarixiy mustaqilligini qo'lga kiritganidan so'ng o'zbek sport kurashlarida yangi sahifa ochildi. Erkin va yunon-rim kurashchilarimiz 2000 yildan to shu kungacha o'tkazilgan barcha Yozgi olimpiya o'yinlaridan medal bilan qaytishga muvaffaq bo'lishdi. Erkin kurashchimiz Artur Taymazov to'rtta Olimpiadada ham shoxsupaga ko'tarilgan kam sonli sportchilardan biri hisoblanadi. U 2000 yili Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan olimpiya o'yinlarida kumush, Afina-2004, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadasida esa oltin medalni qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, Taymazov uch karra Osiyo o'yinlari (2002, 2006, 2010) g'olibi, ikki karra jahon chempioni (2003, 2006) bo'lgan. 2001 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida kumush, 2007 yilda esa bronza medaliga sazovor bo'lgan. 2014 yili Toshkent shahri mezbonligida o'tgan jahon chemionati doirasidagi Kongressda Birlashgan kurashgan dunyosi (UWW) Artur Taymazovni shon-shuhrat Zaliga kiritilgani haqidagi xabarni elon qilgin.

SHuningdek, turli yillarda hamyurtlarimizdan Aleksandr Dokturishvili (oltin, yunon-rim kurashi, Afina-2004), Magomed Ibragimov (kumush, erkin kurash, Afina-2004), Soslan Tigiev (kumush, erkin kurash, Pekin-2008), Elmurat Tasmuradov (bronza, yunon-rim kurashi, Rio-2016), Ixtiyor Navro'zov (bronza, erkin kurash, Rio-2016), Magomed Ibragimov (bronza, erkin kurash, Rio-2016) to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi medallariga ega chiqqan. O'zbekistonlik sport kurashi vakillaridan Artur Taymazov, Zaurbek Soxiev, Dilshod Mansurov, Rashid Qurbonov, Bekzod Abdurahmonov, Ixtiyor Navro'zov, Dilshod Aripov, Elmurat Tasmuradov, Rustam Assakalov turli yillarda jahon chempionatining oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishgan.

O'zbekiston erkin va yunon-rim kurashi terma jamoalari Osiyo o'yinlarida ham munosib tarzda ishtirok etgan. Birgina hozircha so'nggisi bo'lib turgan 2018 yilgi Jakartdagi Osiyo o'yinlarini oladigan bo'lsak, Bekzod Abdurahmonov (74 kg, erkin kurash) va Mo'minjon Abdullaev (130 kg, yunon-rim kurashi) oltin, Rustam Assakalov (87 kg, yunon-rim kurashi) kumush, Sirojiddin Hasanov (65 kg, erkin kurash), Magomed Ibragimov (97 kg, erkin kurash) va Davit Modzmanashvili (125 kg, erkin kurash) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishgan.

O'zbekiston sport kurashlari Associaciyasi nufuzli musobaqalar hamda tadbirlarni o'tkazish bo'yicha ham katta tajribaga ega. Poytaxtimiz 1998 va 2011 yillarda kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati, 2010 yili o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati, 1996-2011 yillar oralig'ida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik Kubogi, 2000 va 2004 yilgi Olimpiadaning licenzion turnirlari, 2001 yili yoshlar, 2014 yili kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. 2018 yilning 10-13 may kunlari Toshkentda kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilgan. Ushbu qita chempionati Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tgan O'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya berishi bilan ahamiyatli bo'lgan. Osiyo chempioni bo'lgan erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov keyinchalik Argentinada ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi. Muhammadrasul Rahimov bronza, ayollar kurashi vakilamiz SHoxida Ahmedova Olimpiadaning kumush medalini qo'lga kiritgandi.

Takidlash joiz, 2018 yili Bishkek (Qirg'iziston) shahrida o'tgan Osiyo chempionatida erkin kurashchilarimiz medallar bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgandi. O'tgan yili Nur-Sultan (Qozog'iston) shahrida o'tgan jahon chempionatida esa yunon-rim kurashi terma jamoamiz 200 ga yaqin davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etgan edi. 2019 yilda Xitoyning Sian shahri mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida “klassik”larimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishgandi.

Etibor va etirof etishga arzigulik yana bir yangilik 2014 yili Toshkentda o'tgan jahon chempionatida ro'y bergandi. Aynan poytaxtimizda jahon sport kurashlarining yangi sahifasi ochilgan. Jahon chempionati doirasida o'tkazilgan Kongressda ushbu sport turi kelajagi uchun muhim qarorlar qabul qilingan, yangiliklar kiritilgan. Ulardan eng asosiysi esa Xalqaro sport kurashlari federaciyalari associaciyasi (FILA) nomining United World Wrestling (UWW, Birlashgan kurash dunyosi)ga o'zgarishi edi. 2014 yilning 7 sentyabr kuni Kongressda qatnashgan barcha delegatlar bir ovozdan buni tasdiqlashgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing