16 avg 12:59
Yangiliklar
Boshqalar, Olimpiya o'yinlari

Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida sport arenalariga nom berish huquqi sotiladi
2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ayrim sport inshootlariga nom berish huquqi sotiladi.
Bu qo'shimcha tijoriy daromad manbai sifatida ko'rilmoqda.
"Los-Anjeles–2028 arizasi berilgan paytdanoq biz Olimpiada imkoniyatlarini qayta ko'rib chiqishga vada bergandik. Bu yangi xabar – tarixda ilk bor Olimpiada va Paralimpiada obektlariga nom berish huquqi berilishi. Olimpiada butunlay xususiy mablag' bilan o'tkaziladi, yangi qurilishlarsiz", — dedi 2028 yilgi o'yinlar tashkiliy qo'mitasi raisi Keysi Vasserman.
Masalan, Anaxaymdagi Honda Center nomi saqlanadi va Olimpiadada voleybol musobaqalariga mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : la28.org
Fikrlar