16 avg 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev nega dyu Plessi bilan jang oldidan uydan chiqmayotganini aytdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev amaldagi chempion dyu Plessiga qarshi jang oldidan uydan chiqmaslikka harakat qilayotganini tushuntirdi.
"Hozir ko'chada yurish men uchun qiyin. Albatta, odamlar men bilan suratga tushishni so'rashlaridan xursandman, lekin bu jang men uchun juda muhim. Men tayyor bo'lishim, kasal bo'lmasligim va oktagonga sog'lom chiqishim kerak, muxlislarimga ular yoqtirgan narsani berishim zarur.
SHuning uchun asosan uyda qolaman. Uyda bo'lib jangga tayyorgarlik ko'rish, dam olish va oilam bilan telefon orqali gaplashish yaxshiroq", — deydi CHimaev.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar