So’nggi yangiliklar

14:57Шомуродов? ФИФА ЖЧ-2026 гуруҳ босқичининг энг чиройли голига номзодларни эълон қилди 0 14:23Соболенко "Уимблдон"да ўз дизайнидаги тақинчоқларда ўйнайди + ФОТО 0 13:51Асу Алмабаев UFC’да ноёб ютуққа эришди 0 13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0

30 mar 17:43
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

"O'zbekiston talabalar sporti Associaciyasi" tashkil qilindi

Bugun, 30 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida respublikamizdagi oliy talim muassasalarida faoliyat olib borayotgan bir qator mutasaddi hodimlar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda shuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi, "Barkamol avlod" sport jamiyati va "Talaba" sport associaciyasi vakillari ham ishtirok etishdi.


"Xabaringiz bor, bugungi kunda talabalarimizni sportga jalb qilish masalasini ham alohida ko'rib chiqyapmiz. Bundan buyon talabalar o'rtasida jamoaviy sport tularini rivojlantirishimiz kerak. Respublikamizda 80 dan ortiq oliy o'quv yurtlari mavjud. Endi ular o'rtasida turli musobaqalar tashkil qilamiz. Yaxshi bilamiz, mamlakatimizdagi barcha oliy o'quv yurtlarida sport bilan shug'ullanish uchun yaxshi sharoitlar bor. Aniqroq aytadigan bo'lsam, u erda tayyor bazalar mavjud. Talabalar ichidan ham kuchli sportchilarni saralab olishimiz kerak.

Yangi taqvim-reja ishlab chiqib, qiziqarli va ommabop musobaqalar yangi yo'nalishda tashkil qilinadi. Bunday turnirlar talabalarning o'zi uchun ham juda qiziq bo'ladi deb o'ylaymiz. Maqsadimiz barcha talabalarni sportga jalb qilib olish. Ular o'qishdan bo'sh vaqtida sport bilan shug'ullanishsin", - dedi Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Umid Ahmadjonov.


SHundan so'ng Bosh kotib Jasur Matchanov konferenciya kun tartibi bilan tanishtirib o'tdi.

Hisobot saylov-konferenciyasida bungacha faoliyat olib borgan “Barkamol avlod”  sport jamiyati hamda “Talaba” sport associaciyasi negizida yangi “O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi” tashkil qilish taklifi berildi. Mazkur taklif yig'ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Yangi associaciya raisi lavozimiga O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus talim vaziri Inom Urishevich Majidov nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo'llab-quvvatladilar. Bosh kotib lavozimiga esa O'zbekiston "Barkamol avlod" sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Erkin Ibragimovich Qodirov saylandi.

SHuningdek, associaciya vice-prezidentlari lavozimlariga O'zbekiston sport fahriylari kengashi raisi, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, Sport fahriylari kengashi raisi maslahatchisi Rashid Qodirov, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri Aleksandr Istominlar saylanishdi.

Konferenciyada shuningdek, Associaciya  Ijroiya qo'mitasi va uning nizomi tasdiqlandi.

“O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi” Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. O'z navbatida Umid Ahmadjonov yangi tashkil etilgan Associaciyaga zarur yordam ko'rsatilishi va moliyaviy tomondan qo'llab quvvatlanishini ham takidlab o'tdi.

Yig'ilishda Associaciya vice-prezidentligiga saylangan Komiljon Xudoyberganov so'z olib, ishni to'g'ri yo'lga qo'yib olish uchun barcha sharoitlar bor ekanligi, mavjud kamchiliklar esa bartaraf etilishi haqida gapirdi.

Bundan buyon yurtimizda tashkil qilinadigan uch bosqichli sport o'yinlari endi boshqacha yo'nalishda, yangi formatda o'tkazilishi malum qilindi. Konferenciya davomida bundan buyon oliy o'quv yurtlarida sportning voleybol, basketbol, gandbol va stol tennisi bo'yicha terma jamoalar tashkil etish va mazkur jamoalar o'rtasida muntazam musobaqalar o'tkazish tizimini ishlab chiqish bo'yicha mutasaddi xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

“Maqsadimiz talabalarni ommaviy tarzda sportga jalb qilish va shu orqali yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish. Ularning o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlariga sharoit yaratish. Avval hududiy keyinchalik esa Respublika miqyosida bo'lib o'tadigan musobaqalar orqali mamlakat terma jamoasini shakllantiramiz. Sportchi-talabalar orasida eng munosiblari keyinchalilk Butunjahon Universiada o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi, - dedi MOQ rahbari.


Reyting:    

Fikrlar

   
07 mar 13:54:49
Xayitmurodov Jasurbek
Sport Razryatini olishim yordam kerak edi
   
07 mar 13:54:27
Xayitmurodov Jasurbek
Sport Razryatini olishim yordam kerak edi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing