31 okt 23:47
Yangiliklar
O'zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi
Ulug'bek Azizov va Tohir Fayziev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo'lsa, SHohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka mezbonlar - Franciya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar