So’nggi yangiliklar

18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0

26 apr 15:44
Yangiliklar

Xokkey

O'zbekiston terma jamoasi 2027 yilgi JCH davrida ham rossiyalik xokkeychilar xizmatidan foydalanadi

Jamoa kelasi yili uchinchi divizionning "A" guruhida ishtirok etadi.

Asli rossiyalik, ammo O'zbekiston sport fuqaroligiga ega bo'lgan va terma jamoaga uchinchi divizionning "V" guruhidan "A" guruhiga ko'tarilishda yordam bergan xokkeychilar kelasi yili ham jamoa safida o'ynashi mumkin. Bu haqda O'zbekiston xokkey federaciyasi vice-prezidenti Bahodir G'ofurov TASS nashriga malum qildi.

O'zbekiston terma jamoasi 19 aprel kuni Gonkong jamoasini 9:4 hisobida mag'lub etib, uchinchi divizionning "V" guruhida g'olib bo'ldi va "A" guruhiga ko'tarildi. Endi jamoa kelasi yili ikkinchi divizion "V" guruhiga chiqish uchun kurash olib boradi. Turnirning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida dastlabki besh o'rinni g'olib jamoa o'yinchilari egalladi. Eng samarali o'yinchi 35 ochko (19 gol + 16 pas) bilan Vadim Kravchenko bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Vasiliy Jilov egalladi, u "Xumo"ga o'tishdan oldin "Tambov"da o'ynagan, uchinchi o'rin esa "Molot" jamoasi hujumchisi Pavel Sinyavskiyga nasib etdi.

"Kelasi yili kamida shu tajribali o'yinchilar Jahon chempionatida ishtirok etadi. Rostini aytsam, yoshlar tayyorgarligi borasida xavotir bor. Albatta, yangi avlodni tayyorlash kerak va yana malum vaqt davomida jamoa darajasini saqlab turish uchun o'yinchilarni naturalizaciya qilishga to'g'ri keladi. Yuqori divizionlarda ishtirok etish jamoalardan ancha yuqori darajani talab qiladi", deydi G'ofurov.

Federaciya vice-prezidenti mahalliy iqtidorli o'yinchilarni ham sanab o'tdi: "Bir necha yildan beri yuqori saviyada o'ynayotgan Jasurbek Rustamxonov bor — u CHexiya yoshlar ligasida ikkinchi mavsumni o'tkazmoqda va undan oldin "Xumo" asosiy jamoasining eng yosh o'yinchisi bo'lgan. SHuningdek, Saloxiddin Azimov, Albert Dadaxo'jaev, Timur Tillaxo'jaev, yaxshi himoyachi Diyorbek Xusanboev va yana bir qator istiqbolli o'yinchilar bor. Albatta, naturalizaciya qilingan o'yinchilar bilan solishtirganda hali ham saviya farqi seziladi — texnika va muz ustida harakatlanish borasida muammolar bor. Ammo so'nggi ikki yilda bu yoshlar jiddiy o'sish ko'rsatdi, shuning uchun ham terma jamoaga jalb qilinmoqda. Ularning aksariyatiga kuchli raqobatli chempionatda o'yin amaliyoti etishmayapti. Ideal holatda bu "Pro liga" darajasidagi jamoa yoki Qozog'iston yoshlar xokkey ligasi bo'lishi kerak. SHunda biz yosh o'yinchilarni rivojlantirish va ularga o'yin amaliyoti berish masalasini hal qila olamiz", deya tushuntirdi G'ofurov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing