So’nggi yangiliklar

16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0

22 iyu 10:14
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston terma jamoasining shaxmat Olimpiadasi uchun tarkibi malum

Amaldagi Olimpiada chempionlari o'z unvonlarini himoya qilish uchun kuchli tarkib bilan Vengriyaga otlanishadi.

Xabaringiz bor, 10-23 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon SHaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. O'z tarixida 45-marotaba tashkil etilayotgan Olimpiadada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi qatnashadi. Ular orasida amaldagi Olimpiada chempioni O'zbekiston terma jamoasi ham bor. 

Terma jamoa murabbiylar shtabi Budapeshtga chempionlik himoyasi uchun boradigan tarkibni elon qildi. Ikki yil avval Hindistonning CHennay shahrida qahramonlarga aylangan kuchli beshlik o'zgarmadi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev hamda Jahongir va SHamsiddin Vohidovlar vatanimiz sharafi bilan birga chempionlik unvonini ham himoya qilishadi. 


O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:

GM Nodirbek Abdusattorov (2769)

GM Javohir Sindarov (2674)

GM Nodirbek Yakubboev (2648)

GM SHamsiddin Vohidov (2643)

GM Jahongir Vahidov (2571)


Jamoaning o'rtacha reytingi 2684 ni tashkil etadi. Bu esa ro'yxatdagi 3 ta davlatdan keyin eng yuqori 4-natija hisoblanadi. Bundan avvalgi Olimpiadada terma jamoamizning o'rtacha reytingi 2625 nii tashkil qilgan va bu yakunda Top-7`talikdan joy olgan eng past ko'rsatkich bo'lgandi.

CHennayda O'zbekiston terma jamoasi 19 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Armanistonni ortda qoldirib, tarixda ilk bor Olimpiada chempioniga aylangandi. Armaniston kumush, Hindiston-2 jamoasi bronza medalini qo'lga kiritgandi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing