So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

08 apr 07:23
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston va Qirg'iziston dzyudo federaciyalari o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa doirasida O'zbekiston va Qirg'iziston dzyudo federaciyalari rahbarlari o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolashdi.

O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov qita chempionatini bevosita kuzatib borish maqsadida Bishkekka etib borgan. Bugun Azizjon Yakubjanovich qirg'izistonlik hamkasbi Joldoshbek Kolbaev bilan uchrashdi. 

Suhbat davomida A.Kamilov Osiyo-Okeaniya chempionatining yuqori saviyada tashkil etilayotgani bilan mezbonlarni tabrikladi. Tadbir davomida rasmiylar o'zaro hamkorlik Memorandumiga ham imzo chekishdi.

Unga ko'ra, dzyudo bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari yirik musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida do'stona hamkorlikni mustahkamlashadi. Terma jamoalar o'rtasida o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etiladi. Muloqot davomida har ikki rahbar qardosh mamlakatlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni sport sohasida yanada mustahkamlash bo'yicha kelishib olishdi.

SHuningdek, tadbir davomida Osiyo dzyudo federaciyasi prezidenti Obayd al Anzi bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish hamda Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish borasida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida Azizjon Kamilov Obayd al Anzi hamda Jodoshbek Kolbaevga O'zbekiston dzyudo federaciyasining esdalik sovg'alarini taqdim qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing