So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

06 iyu 09:01
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Turkmaniston: o'zaro hamkorlik muhokama qilindi

O'zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo'mitalari bosh kotiblari va ikki davlat elchixonalari o'rtasida videokonferenc aloqa orqali uchrashuv bo'lib o'tdi.

Onlayn-konferenciyada O'zbekistonning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Akmaljon Kuchkarov, Turkmanistonning O'zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov, O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Turkmaniston MOQ Bosh kotibi Azat Muradov va ikki Milliy olimpiya qo'mitalarining tegishli departament vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mavjud ikki taraflama hamkorlik Memorandumiga muvofiq pandemiya tugagach, o'zaro o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazish, sport farmakologiyasi va tibbiyoti bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston tarafi O'zbekistonda anchayin rivojlangan sport turlari – boks, dzyudo, og'ir atletika, sport kurashlari bo'yicha birgalikdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi va hozirgi kundagi pandemiya sharoitida sportchilarimiz sport holatini qanday ushlab turganliklari bilan qiziqdi va bu bo'yicha O'zbekiston tarafidan batafsil malumotlar olindi.

Xabaringiz bor, 2017 yili Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari yuqori darajada tashkil etilgan edi. Ushbu musobaqada orttirilgan boy tajribadan foydalanib, 2025 yili O'zbekistonda o'tishi rejalashtirilayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida Turkmaniston tarafi o'z yordamini ayamasligi borasida ham suhbatlashildi.

Takidlab o'tish joiz, yuqoridagi o'yinlarni tashkil etish asnosida Ashxobod shahrida juda yaxshi sport infratuzilmasi yaratildi. Sportning qator turlari bo'yicha jahon standartlariga javob beradigan sport inshootlari barpo etildi. Suv sport turlari, velotrek majmuasi dunyodagi sanoqli davlatlarda mavjud sport obektlaridan hisoblanadi. Ana shu inshootlarda birgalikda musobaqalar, o'quv-mashg'ulot yig'inlarni o'tkazish har ikki taraf uchun ayni muddaodir.

Malumot uchun, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi yuqoridagi kabi qator mamlakatlar Milliy olimpiya qo'mitalari bilan yaxshi aloqalarni yo'lga qo'ygan. Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Yaponiya davlatlari bilan ikki taraflama hamkorlik bo'yicha memorandumlar mavjud. Hozirgi kunda Litva, Ozarbayjon, Qozog'iston, Vengriya, Irlandiya, Quvayt davlatlari bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum va kelushuvlarga erishish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing