So’nggi yangiliklar

23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0 15:19Guangzhou Open. Тимофеева рейтингда 405-поғонада бораётган 16 яшар қизчага ютқазди 0 14:45Арман Царукян турнирнинг асосий жанги иштирокчиси бўлади + ПОСТЕР 0

13 may 19:11
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bilan onlayn mashg'ulot o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati ishtirokida sportchilarimiz bilan onlayn mashg'ulot o'tkazildi.

Mashg'ulot davomida federaciya Bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev hamda olimpiya terma jamoa murabbiyi Ruslan Nurtdinov sportchilarimizning karantin davrida qanday sharoitda shug'ullanishayotgani haqida batafsil tushuntirib berishdi. SHuningdek, yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramasdan, mana shunday kunlarda velosportchilarimiz zarur inventarlar bilan o'z vaqtida taminlangani uchun hukumatimiz va sportimiz rahbariyatiga o'z tashakkurlarini bildirib o'tishdi.

O'z navbatida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov sportchilarimizni yanada matonatli va chidamli bo'lishga chorlab, hukumatimiz bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turishini takidladi.

«SHaroitlarning barchasi siz sportchilar uchun. Hukumatimiz tomonidan karantin uchun zarur chora-tadbirlar o'z vaqtida ko'rildi va biz bu kunlarni tobora ortda qoldirmoqdamiz. Tushunaman, velosportchilar uchun shosseda shug'ullanishning o'z o'rni bor. Sizlarga xushxabar tariqasida shuni aytishim mumkinki, tez orada magistral yo'llarda shug'ullanish uchun ham rasmiy ruxsat beriladi. Lekin ungacha yana ozgina chidashingizni so'rab qolamiz», – deydi Rustam SHoabdurahmonov.

Onlayn mashg'ulot davomida MOQ rahbariyati tomonidan karantin kunlaridan keyin velosiped sportini yurtimizda yanada rivojlantirish, Olimpiyachilarimiz va asosiy terma jamoamiz uchun xalqaro musobaqalar, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tuzib chiqish masalalarini atroflicha ko'rib chiqish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing