18 may 13:43
Yangiliklar
Boshqalar, Tadbirlar
O'zbekiston Xalqaro armiya o'yinlarida ilk bor ishtirok etadi
Bir qator mamlakatlar Xalqaro armiya o'yinlarida ilk bor ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston ham bor, deb xabar beradi "TASS" nashriga asoslanib "Daryo" sayti.
O'yinlar tashkiliy qo'mitasi 32 mamlakat harbiy attashelari bilan
o'tkazilgan majlis chog'ida tadbirlarga qo'shilayotgan yangi mamlakatlarni
sanab o'tdi. Bular Isroil, Fiji, JAR, O'zbekiston, Uganda, Laos va
Suriyadir.
O'yinlar Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog'iston va Xitoyning 22 poligonida 29 iyundan 12 avgustga qadar o'tkaziladi. Dastavval 73 mamlakatga taklifnomalar yuborilgan edi. SHulardan 28 tasi rozilik bergani, 16 tasi hali yakuniy qaror qabul qilmagani oldinroq bildirilgan edi.
Havola :
Manba : daryo.uz
Fikrlar