14 iyu 16:15
Yangiliklar
O'zbekistonda 200 ming dollar, Qozog'istonda 250 ming, Rossiyada esa bundan ancha kam. Sobiq Ittifoq mamlakatlari Olimpiada chempionlari uchun qancha pul vada qilmoqda?
Avvalroq, O'zbekiston sportchilari oltin medal qo'lga kiritishsa, 200 ming AQSH dollari bilan mukofotlanishlari haqida xabar qilingandi.
Qo'shnilarimiz Qozog'istonda esa oltin medal sohiblari 250 ming dollar olishadi. Ozarbayjon va Latviyada ham Olimpiada chempionligi uchun deyarli shunday narx belgilangan. Rossiya esa 54,5 ming atrofida (4 million rubl) pul vada qilgan.
Qolgan mamlakatlarda esa Tokio Olimpiadasi g'oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
Qozog'iston — $250 ming
Ozarbayjon — $250 ming
Latviya — $250 ming
O'zbekiston — $200 ming
Belarus — $150 ming
Moldova — $150 ming atrofida
Qirg'iziston — $143 ming
Ukraina — $125 ming
Estoniya — $125 ming
Litva — $118 ming
Gruziya — $72 ming
Rossiya — $54, 5 ming
Armaniston — $50 ming
Tojikiston — $26 mingdan ko'proq
Turkmaniston — nomalum
Fikrlar