So’nggi yangiliklar

13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0

13 may 19:55
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda 3 ta, Qozog'iston, Kuba va Franciyada bittadan oltin. Jahon chempionatining ilk finallar kuni yakunlandi

Bugun jahon chempionatining o'n uchinchi kunidan o'rin olgan final janglari bo'lib o'tdi.

Bugungi kun doirasida jahon chempionatining oltita vaznida final janglari o'tkazildi, shuningdek, uch nafar vakilimiz finalda o'z jangini o'tkazdi:

1. -48 kg: Sahil Alahverdovi (Gruziya) - Sanjar Tashkenbay (Qozog'iston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 0:5) 

2. -67 kg: Dulat Bekbauov (Qozog'iston) - ASADXO'JA MO'YDINXO'JAEV, (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 0:5)

3. -60 kg: Alvares Borxes (Kuba) - Sofiyan Umiya (Franciya), (Hakamlar qarori bilan)

4. -75 kg: Vanderley Pereyra (Braziliya) - Martines Ernandes (Kuba), (Hakamlarning yakdil qarori bilan, 0:5)

5. -51 kg: Bilal Bennama (Franciya) - HASANBOY DO'SMATOV, (1-raundda KO-TKO)

6. +92 kg: Fernando Arzola Lopes (Kuba) - BAHODIR JALOLOV, (1-raunddan so'ng raqib jangni davom ettirishni istamadi).

SHunday qilib, jahon chempionatining ilk finallar kunida O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Qozog'iston, Kuba va Franciya terma jamoalari ham bittadan oltin medalga ega chiqdi. SHuningdek, bugungi kun doirasida Kuba terma jamoasi 2 ta kumush, Qozog'iston, Gruziya, Braziliya va Franciya termalari esa bittadan kumush medalni qo'lga kiritdi.

MATNLI TRANSLYACIYA


19:52. Arenada -51 va +92 kg vaznda chempion va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.




19:23. Guvohi bo'lganingidek, Bahodir Jalolovning raqibi jangni davom ettirishni istamadi, va o'z o'zidan Jalolov jahon chempionligini qo'lga kiritdi! Bizda uchinchi oltin!

19:15. Bahodir Jalolov ishtirokidagi kunning so'nggi final jangi start olmoqda.




19:03. Endi navbat -75 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlarga. Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda hamyurtimiz Aloxon Abdullaev bronza medalini qo'lga kiritgan edi.

19:01. -60 kg vazn toifasida chempion va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.




18:53. HASANBOOOOOY. Do'smatov raqibini birinchi raundning o'zida nokautga uchratib, o'z titullari hisobiga jahon chempionligini ham qo'shib qo'ydi.

Navbat Hasanboyga!


18:45. Kuba vakili Yoenlis Ernandes braziliyalik Vanderley Pereyrani 5:0 hisobida mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi.

18:25. -67 kg vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik ASADXO'JA MO'YDINXO'JAEV va boshqa sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

18:17. -48 kg vazn toifasida chempion va sovrindorlani taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

18:14. Ayni damda O'zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoev ham "Humo" Arenada.


18:08. Ayni damda arenada taqdirlash marosimi start olmoqda.

17:55. Kechaning uchinchi final jangida franciyalik Sofiyan Umiya kubalik Alvares Borxesni engib, uch karra jahon chempioniga aylandi.


17:36. Asadxo'jaaaa. Bizda birinchi oltin naqd! Mo'ydinxjaev qozog'istonlik Dulat Bekbauovni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va jahon chempionati oltin medali hamda 200 ming dollar kafolatlangan pul mukofotini, shuningdek, eng asosiysi: muxlislar mehrini qozondi!

17:30. Ikkinchi raundda hisob 4:1 ko'rinishida Asadxo'ja tomonda bo'ldi.

17:26. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev jangning birinchi raundini 5:0 hisobida o'ziniki qildi.

17:20. Sanjar Tashkenbay gruziyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etib, -48 kg vaznda oltin medalni qo'lga kiritdi!

17:15. Bokschilarimiz ham o'z janglariga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.











17:13. Jangning ikkinchi raundidan so'ng hisob 5:0, Tashkenbay foydasiga!






17:03. Ilk jang start oldi. Sanjar Tashkenbay Sahil Alahverdovinga qarshi!

16:07. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari! Bugun Toshkentda davom etayotgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk final janglari bo'lib o'tadi. Bugungi kun doirasida uch nafar bokschimiz final jangida ringga chiqadi. Qariyb bir soatdan so'ng bugungi janglar start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
13 may 19:04:39
Vosiq Jovliyev
Asadxo'ja va Hasanboylarni bugungi sof g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston bayrog'ini yuqorilarga ko'tarishdan charchamanglar va davomli bo'lsin qolgan bokschilarimizga ham oltin nasib qilsin
   
13 may 18:05:29
Коканд
Баракалла Асадхўжа аниқ устунлик билан енгди.
   
13 may 18:00:31
SPRINTERshashist
Оламспорт мудраб уйкисираб утирибди. Ман жанглар руйхатини чёт каналларидан оляпман
   
13 may 17:58:55
SPRINTERshashist
Яна битта жангдан кейин Хасанбой ва Боходир чикади
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing