So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

22 dek 12:17
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda ilk marotaba! Milliy olimpiya qo'mitasi "Milliy sport mukofoti-2018" taqdirlash marosimini o'tkazadi

2018 yil o'zbek sporti uchun har tomonlama muvaffaqiyatli kechdi.

Yil davomida o'zbekistonlik sportchilar Indoneziyada o'tkazilgan XVIII Osiyo va III ParaOsiyo o'yinlari, shuningdek, Argentinadagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida medallar soni bo'yicha ham, sifati bo'yicha ham rekordlarni yangilashdi. Bundan tashqari hamyurtlarimiz turli xalqaro musobaqalarda, reyting turnirlarida, qita va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Yil yakunlangani sari, har bir sohada erishilgan yutuqlar, kamchiliklar sarhisob qilinadi, eng yaxshilar etirof etiladi. Jumladan, sport sohasida ham. SHu maqsadda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi "National Sports awards-2018" (Milliy sport mukofoti-2018) taqdirlash kechasi tashkil etiladi.

Xabaringiz bor, sport sohasida yil lauretlarini aniqlash maqsadida MOQ rasmiy sayti www.olympic.uz da to'rtta yo'nalish bo'yicha so'rovnoma tashkil etilgandi. Endi Milliy olimpiya qo'mitasining maxsus komissiyasi so'rovnoma natijalarini o'rganib chiqadi va yakuniy qaror 28 dekabr kuni "Xalqaro anjumanlar saroyi"da o'tkaziladigan taqdirlash marosimida elon qilinadi. O'sha oqshom umumiy hisobda 18 yo'nalida yilning eng yaxshilariga mukofotlar topshiriladi.

Darvoqe, ushbu tantanali taqdirlash marosimiga tashrif buyurish imkoniyati muxlislarda ham mavjud. Saytning Facebook'dagi sahifasi orqali tashkil etiladigan tanlov orqali ushbu tadbir uchun taklifnomani qo'lga kiritishingiz mumkin. SHoshiling, bunaqasi hali bo'lmagan!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing