14 iyu 09:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/173456_220.jpg)
O'zbekistonda tug'ilgan bokschi Errol Spensga Menni Pakyao bilan jangga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi
Yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishida jahon chempionligiga majburiy davogar rossiyalik Botir Ahmedov kelasi hafta Errol Spens bilan sparring o'tkazish uchun AQSHga boradi. Botir bu haqda AllBoxing.ru muharriri Kirill Ivanovga bergan intervyusida malum qilgan.
"Errol Spens jamoasidan Menni Pakyaoga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rishda yordam berish taklifi berildi. Ular Arxenis Mendesga qarshi kurashda meni ko'rishdi va menga sparringlarda yordam berishimni so'rashdi. Jangdan keyin menda jarohatlar bo'lganligi sababli, biroz vaqt so'radim, lekin men borishga roziman. Men uchun pul muhim emas, chunki bu men uchun yarim og'ir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilardan biri bilan ringga chiqish imkoniyati. Bu ulkan tajriba”, - dedi Botir.
Eslatib o'tamiz, Botir Ahmedov O'zbekistonda tavallud topgan va bugungi kunda Rossiya sharafini himoya qiladi.
U AQSHda o'zbekistonlik bokschilar bilan birga mashg'ulotlar o'tkazadi.
Fikrlar