11 fev 19:35
Yangiliklar
![](/upload/storage/204277_220.jpg)
“O'zbekistonda tug'ilgan”. Taniqli mutaxassis SHavkat Rahmonovdan kechirim so'radi
Aralash yakkakurash bo'yicha qozog'istonlik jangchi SHavkat Rahmonov (15:0) kanadalik taniqli MMA jurnalisti Ariel Xelvanini noqulay ahvolga solib qo'ydi.
MMA Hour suhbati chog'ida Xelvani Rahmonovdan UFC'da qatnashgan qozog'istonlik birinchi jangchi bo'lish qanday ekanligini so'radi. Muloqotga Rahmonovning menejeri Sayat Abudrahmonov aralashdi. Abdurahmonov SHavkat Rahmonov O'zbekistonda tug'ilganligi, UFC'dagi birinchi qozog'istonlik esa avvalroq Qirg'iziston terma jamoasida o'ynagan Rafael Fiziev ekanligiga oydinlik kiritdi.
- UFC'da qozog'istonlik birinchi jangchi bo'lishni maqsad qilganmisiz yoki tasodif tufayli bo'ldimi?
- Aslida u UFC'da tug'ilgan birinchi qozog'istonlik jangchi emas, balki UFC shartnoma imzolangan birinchi qozoq jangchisi. U O'zbekistonda tug'ilgan. UFC'dagi birinchi qozog'istonlik Rafael. Buni tushuntirish qiyin, lekin ...
- Ha, bu qiyin. Siz haqsiz, bu mening xatom. Aniqlik kiritganingiz uchun tashakkur. Kechirasiz, - dedi Xelvaniy biroz xijolat bo'lib.
Fikrlar