So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

26 avg 19:18
Yangiliklar

Velosport

O'zbekistonda velosportni ommalashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Teglar :  Velosport
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Tashabbuslarning ikkinchisi jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilgan bo'lib, unda «yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish» ko'zda tutilgan.

Mazkur tashabbus ijrosini amalga tatbiq etish maqsadida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tomonidan ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida 2019 yilda mamlakatimizda ilk marotaba veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati zo'r muvaffaqiyat bilan o'tkazilganligini aytishimiz mumkin. Unda qitamizning 40 dan ortiq mamlakati sportchilari g'oliblik uchun bahs olib borishgan, musobaqa jarayonlari nufuzli “Eurosport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgandi.

Raqamlarga etibor qaratadigan bo'lsak, oxirgi uch yilda o'zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonlarda 81ta medalga sazovor bo'lishdi, shundan 24tasi oltin medaldir. Buning natijasida vakillarimiz tomonidan Tokio-2020 olimpiada o'yinlariga ikkita yo'llanma naqd qilindi. Yana bir etiborga molik voqea, O'zbekiston sporti tarixida ilk marotaba ayol sportchimiz olimpiada o'yinlarida g'oliblik uchun bahs yuritish huquqini qo'lga kiritdi. Bularning barchasi yurtimizda velosiped sporti jadal ommalashib borayotganini anglatadi.

Bugun, 26 avgust kuni poytaxtimizdagi Kongress-xollda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi o'rtasida mamlakatimiz yoshlari orasida velosportni ommalashtirish bo'yicha uch tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi prezidenti Tanzila Norboeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev, sportchilar, trenerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan T.Norboeva bugungi pandemiya sharoitida salomatlikning naqadar bebaho nemat ekanligi, sport bilan shug'ullangan inson har jihatdan sog'lom bo'lib, kasallikni oson engib o'tishi, velosport bilan shug'ullanish esa inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida takidladi.

So'ngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev ham so'zga chiqib, so'nggi yillarda O'zbekistonda velosportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotganligiga urg'u qaratdi.

- Respublikamizda velosportni yanada rivojlantirish, mavjud infratuzilmani mustahkamlashga jiddiy etibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Bugun Toshkent va Namangan shaharlarida barpo etilgan velotrek majmualari xorijlik sportchilarda ham ijobiy taassurot qoldirib, ular yurtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish taklifini bildirishmoqda. Hozirda Jizzax shahrida barpo etilayotgan BMX velotrek majmuasi ham tez orada foydalanishga topshiriladi. Bu esa ushbu sport turi rivojida yangi davrni boshlab berishiga shubha yo'q, - dedi Dilmurod Xamidullaevich o'z maruzasida.

Marosimda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sadullaev, terma jamoamizning etakchi sportchisi, Tokio-2020 olimpiadasi litsenzianti M.Xolmurodov va boshqalar so'nggi yillarda O'zbekistonda velosport rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak darajada etirof etishdi.

SHundan so'ng uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ishonamizki, bugun imzolangan memorandum yurtimiz yoshlari orasida velosportni yanada ommalashtirish, jahon arenalarida yurtimiz sportchilari erishayotgan g'alabalar salmog'ining yanada ortishiga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing