So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 iyu 15:24
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda Xalqaro Olimpiya kuni: Ommaviy marafon yakunlandi, oldinda katta shou!

Teglar :  MOQOlimpiyaToshkent
Har yili 23 iyun kuni dunyo bo'ylab Xalqaro Olimpiya kuni (International Olympic Day) keng nishonlanadi.

Bundan roppa-rosa 70 yil oldin – 1948 yilda Sankt-Moricda bo'lib o'tgan Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) ning 42-sessiyasida 23 iyun sanasini Xalqaro Olimpiya kuni sifatida nishonlash qarori qabul qilingan. Avvaliga ushbu sanada asosan marafon o'tkazilgan. Lekin, bugungi kunga kelib ushbu sana katta bayram sifatida nishonlanmoqda.

O'zbekistonda Olimpizm g'oyasini targ'ib qilish, aholini O'zbekiston Respublikasi sportchilarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish va Olimpiya harakatini rivojlantirish yo'lida poytaxtimiz Toshkent shahrida ham Xalqaro olimpiya kuniga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishi haqida xabar berib o'tgandik.

Butun erta tongdan boshlab ushbu sport bayrami ko'tarinki kayfiyatda tashkil qilindi. Bugungi kunga rejalashtirilgan tadbirlarning dastlabkisi ertalab «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida o'tkazildi.

1600 nafarga yaqin havaskor sportchilarni qamrab olgan yugurish marafoni bayramona ruxda bo'lib o'tdi. Tadbirning ochilish marosimida Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. U so'zga chiqib, bugungi sana bilan barchani tabrikladi.

«Olimpiya kuni butun jahon bo'ylab o'tkazilmoqda. Bu yil ushbu bayram 70-marotaba nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, sport ahlini ushbu sana bilan muborakbod etaman. Yugurish marafonlarida ishtirok etadigan barchaga omad tilayman. Bellashuvlarda kuchlilar g'alaba qozonsin», – dedi Jasur Matchanov.

 SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va bahslarga start berildi.

Bahslar turli yosh toifalarida, erkaklar va ayollar o'rtasida bo'lib o'tdi. Bir so'z bilan aytganda marafonda 7 yoshdan 70, hattoki 80 yoshgacha bo'lgan havaskorlar o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Bellashuvlarda turli yosh toifalarida F.Sultonboev, V.Baxorev, G'.Yusupov, V.Ustyugin, T.Usmonov, E.Kirshin, A.Garifullina, D.Allayarova, SH.SHaropov, N.Mansurov, M.Buxorev, G'.Tohirjonov, I.Kirshina, A.Vildanova, L.Sklyar, O.Inomxonova, CH.Rasulova, H.Ahmedova, M.Baratova, Z.Xudoyberdieva kabi havaskor sportchilar g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Har bir yo'nalish bo'yicha kuchli uchlikka kirgan sportchilar Milliy olimpiya qo'mitasining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqa ishtirokchilari o'z xursandchiliklarini yashira olishmadi. Faxriy ayollar o'rtasidagi marafonda sovrindorlar qatoridan o'rin olgan Qadriya Latipova yangicha yo'nalishda tashkil etilgan ushbu musobaqadan katta taassurot olganligini aytib o'tdi.

«Men 1989 yildan buyon sport bilan shug'ullanib kelaman. Olimpiya kunida o'tkaziladigan musobaqalarda muntazam ravishda ishtirok etaman va doimo sovrindorlar qatoridan o'rin olaman. Menda 1994 yili mamlakatimizda nishonlangan Olimpiya kunidan ham futbolka bor. Bunday tadbirlar, musobaqalar men uchun doimo yoqimlidir. Seni yoshlar qo'llab-quvvatlab turayotganini his qilish juda ajoyib. Yoshlarga sportda yanada faollikni tilayman. SHaxsan o'zim sport orqali turli kasalliklardan forig' bo'ldim. Sizga ham yoshi katta faxriy sifatida sport bilan shug'ullanishni maslahat beraman», – dedi marafon ishtirokchisi bo'lgan Qadriya opa.

Musobaqaning yosh ishtirokchilari ushbu tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib o'tishdi.

«Engil atletika bilan bir yildan buyon shug'ullanaman. Bunday marafonda esa ilk marotaba ishtirok etishim. Ushbu sport bayrami menga juda yoqdi. Musobaqada ishtirok etib ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdim va esdalik sovg'asini oldim. Tashkilotchilarga ushbu bayram uchun rahmat demoqchiman. Engil atletika bilan professional tarzda shug'ullanib, kelajakda chempion bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ydim», – dedi sovrindorlar qatoridan o'rin olgan 13 yoshli Madina.

SHu tariqa Olimpiya kunining kunduzgi qismi yakuniga etdi. Endi Siz azizlarni kechki payt, 18:00da boshlanadigan katta sport bayrami kutib turibdi. «Milliy» stadionda tashkil qilinadigan futbol shou tantanasida yurtimizning mashhur sportchilari, estradamiz yulduzlari va kino va teatr akterlari ishtirok etishadi. Bir so'z bilan aytganda yirik tadbirda sanat va sport uyg'unligiga guvoh bo'lamiz. Bayramni biz bilan birga qarshi oling.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing