30 may 19:48
Yangiliklar

O'zbekistonda yana bir Jahon chempionati o'tkazilishi mumkin
Mazkur tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad — para engil atletika bo'yicha 2027 yilgi Jahon chempionatini O'zbekistonda o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat. SHu maqsadda delegaciya azolari poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo'lib, majmuada para atletlar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
SHuningdek, mehmonlar dunyo birinchiligi paytida para sportchilarni o'zida qabul qiluvchi mehmonxona hamda restoranlarda faoliyatini ham ko'zdan kechirishdi va Olimpiya shaharchasi hududida qurilayotgan "Paralimpiya markazi" loyihasi bilan ham tanishtirildi.
Malumot uchun, 2027 yilgi Jahon chempionati Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi musobaqa hisoblanadi.
Fikrlar