So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

26 dek 13:12
Yangiliklar

Qilichbozlik, O'q otish, Engil atletika, Boshqalar, Ot Sporti, Suv sporti turlari

O'zbekistonda zamonaviy beshkurashni rivojlantirish uchun 5 ta federaciya bilan yaqindan hamkorlik qilinadi

Xabaringiz bor, dekabr oyi boshida O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasiga yangi rahbariyat saylangan va tashkilot oldiga tegishli vazifalar belgilab berilgandi.

Bu borada federaciyada ish qizg'in kechmoqda.

Bugun, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida zamonaviy beshkurash sportini rivojlantirish, ommalashtirish maqsadida O'zbekiston engil atletika, qilichbozlik, yilqichilik va ot sporti, suzish hamda o'q otish sporti federaciyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik va sherikchilik bo'yicha memorandum imzolash marosimi tashkil etildi. Tadbirda yuqorida sanab o'tilgan federaciyalar vakillari, shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Sir emaski, zamonaviy beshkurash oson bo'lmagan sport turlaridan biri hisoblanadi. CHunki, ushbu sportda atletlar beshta yo'nalish - yugurish, qilichbozlik, ot sporti, suzish hamda o'q otish bo'yicha kurash olib boradilar. Sportchi mazkur yo'nalishlarning har biriga alohida tayyorgarlik ko'rishi lozim. Buning zamirida esa tinimsiz mehnat, katta mashaqqat yotadi. SHu sababdan ham, beshkurashni rivojlantirish faqatgina bir federaciyaga bog'liq emas. Bugungi tadbir davomida hamjihatlikda ish olib borish, beshkurash talablariga javob bera oladigan atletlarni saralab olish, tajribali murabbiylardan iborat kengash tuzish va boshqa masalalar muhokama qilindi. O'z navbatida federaciyalar vakillari hamkorlik qilishga, o'zlari tomonidan amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekanliklarini malum qildilar.

SHundan so'ng tadbirning asosiy qismi - memorandum imzolash marosimi tashkil qilindi.

Malumot o'rnida, Tokio 2020 Olimpiadasiga zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo qitasi vakillari uchun 5 ta licenziya ajratilgan. O'zbekiston ana shu beshta yo'llanmadan biriga ega chiqish uchun etarli salohiyatga ega. SHunday ekan, 2019 yilning noyabr oyida o'tkaziladigan licenzion musobaqada yuqorida sanab o'tilgan federaciya masullari, murabbiy va sportchilarga omad, muvaffaqiyat va albatta kuch-quvvat tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing