27 mar 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik aralash yakkakurashchi qiz ONE FC promoushenida debyut qiladi
SHu kungacha Qozog'istonning Alash Pride ligasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz dunyoga mashhur promoushen bilan shartnoma imzoladi.
Gap aralash yakkakurash ustamiz Hojiniso Kamolidinova (2-1) haqida ketmoqda. U MMAdagi uchchala jangini ham Alash Pride ligasida o'tkazib, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini Zamzagul Fayzollanovadan qabul qilib olgan.
Hojiniso Kamolidinovaning jangi 29 mart kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida tashkil etilayotgan ONE FC turniri doirasida o'tkaziladi. Uning ONE Friday Fights 57 turniri doirasidagi raqibasi yaponiyalik Akari Ogata bo'ladi.
Ogataning bazasi dzyudo sport turi bo'lib, Olimpiadada ham ishtirok etgan. Karate bilan professional tarzda shug'ullangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar