31 mar 14:18
Yangiliklar
O'zbekistonlik aralash yakkakurashchi qiz ONE FC promoushenida debyut qildi + FOTO
Hamyurtimiz MMAdagi uchchala jangini ham Alash Pride ligasida o'tkazib, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgandi. Faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini Zamzagul Fayzollanovadan qabul qilib olgan edi.
Hojiniso Kamolidinovaning yangi ligasidagi jangi Tailand poytaxti Bangkok shahrida tashkil etilgan ONE FC turniri doirasida o'tkazildi. U ONE Friday Fights 57 turnirida yaponiyalik Akari Ogataga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, dastlabki ikki raundda ustunlikka erishgan Hojiniso uchinchi besh daqiqalikda raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Parterdagi ustunligini zarbalar seriyasi bilan rivojlantirgan Akari muddatidan oldin g'alaba qozondi. Ogataning bazasi dzyudo sport turi bo'lib, Olimpiadada ham ishtirok etgan. Karate bilan professional tarzda shug'ullangan.
Fikrlar