10 fev 10:08
Yangiliklar

O'zbekistonlik Bogdan Guskov bugun tunda UFC'dagi ikkinchi jangini o'tkazadi (Barcha malumotlar)
Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa doirasida yarim og'ir vazn toifasida O'zbekiston vakili Bogdan Guskov ligadagi ikkinchi jangini o'tkazadi. Hamyurtimizga bu safar amerikalik Zak Pauga raqiblik qiladi.
Turnir Toshkent vaqti bilan 2:00 dan so'ng boshlanadi. Hamyurtimiz Bogdan Guskov ishtirokidagi jang esa taxminan 2:45 dan keyin start oladi.
Janglarni O'zbekiston hududida namoyish etish huquqi "Setanta Sports" platformasiga tegishli.
Musobaqaning to'liq kardi:
Asosiy kard:
Jek Xermansson (Norvegiya / SHveciya) - Jo Payfer (AQSH). O'rta vaznda;
Den Ige (AQSH) - Andre Fili (AQSH). Yarim engil vaznda;
Robert Bryjek (Polsha) - Igor Poterya (Ukraina). O'rta vaznda;
Bred Tavares (AQSH) - Gregori Rodriges (Braziliya). O'rta vaznda;
Maykl Jonson (AQSH) - Darrius Flauers (AQSH). Engil vaznda;
Rodolfo Vieyra (Braziliya) - Armen Petrosyan (Armaniston / Rossiya). O'rta vaznda;
Prelim kard:
Trevin Jayls (AQSH) - Karlos Prates (Braziliya). Yarim o'rta vaznda;
Damir Xadzovich (Daniya) - Bolaji Oki (Belgiya). Engil vaznda;
Loma Lokbunmi (Tailand) - Bruna Brasil (Braziliya). Ayollar minimal vaznida;
Devin Klark (AQSH) - Marchin Praxnio (Polsha). Yarim og'ir vaznda;
Maks Griffin (AQSH) - Jeremaya Uells (AQSH). Yarim o'rta vaznda;
Zak Pauga (AQSH) - BOGDAN GUSKOV (O'ZBEKISTON). Yarim og'ir vaznda;
Daniel Markos (Peru) - Aori Kyuileng (Xitoy). Eng engil vaznda.
Fikrlar