11 mar 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik bokschi RCC Gran-prisida ringga chiqadi + POSTER
21 mart kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha navbatdagi RCC Gran-pri musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqada ishtirok etishi belgilangan yarim og'ir vaznli rossiyalik charm qo'lqop ustasi Denis Savickiyning raqibi o'zgardi. Endi u o'zbekistonlik Islombek Mo'minov bilan to'qnash keladi. Hamyurtimiz turnirda eronlik Sajad Mexrabining o'rnini egallaydi.
Denis Savickiy faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 32 yoshli Islombek Mo'minov hisobida esa 15 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.

Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar