19 noy 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik bokschi Rossiyada kamar uchun jang qildi
Rossiya Federaciyasining CHelyabinsk shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasidagi tajribali bokschimiz SHerzod Husanov Rossiya vakili Artish Lopsanga qarshi ringga ko'tarildi. Jang EBP (Eurasian Boxing Parliament) kamari uchun tashkil etildi.
Husanovning burchagi jangning ettinchi raundiga chiqishdan bosh tortdi va bahs oltinchi raundda texnik nokaut evaziga Lopsanning foydasiga hal bo'ldi.
SHunday qilib, 44 yoshli SHerzod prof faoliyatidagi 30-jangida o'zining beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar