10 apr 18:16
Yangiliklar

O'zbekistonlik bokschilar prof ringdagi janglarga tayyorgarlik ko'rmoqdalar
Hozirgi kunga kelib bu charm qo'lqop ustalarimiz orasida Ravshan Umurzoqov va Mirzohid Abdullaev g'alabali odimini davom ettiryapti. Ayrimlari Rossiya ringlarida ilk qadamlarini tashlashga hozirlik ko'rishmoqda. Jumladan, Jaloliddin O'ktamov 18 aprel, Ravshan Umurzoqov, Sardor Muzaffarov 22 aprel, Stepan Partnov va Azamat Ergashevlar 4 mayda o'tkaziladigan janglarga tayyorgarlik ko'rishyapti.
Mashg'ulotlarni O'zbekiston professional boks federaciyasi ijrochi direktori, tajribali murabbiy va hakam Nabijon Ismonov kuzatib borish barobarida rossiyalik murabbiylar bilan birgalikda hamyurtlarimizni janglarga optimal xolatda etib borishlari uchun harakat qilmoqda.
Quyida etiboringizga tayyorgarlik jarayoni aks etgan suratlarni havola etamiz.
Professional boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar